• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 26 » Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiy raqobatga kirishishi mumkinligini aytdi
15:28
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiy raqobatga kirishishi mumkinligini aytdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyoda Qozog‘iston va O‘zbekiston asosiy davlatlar sanaladi. Mamlakatlar o‘rtasida hamkorlik aloqalari keng rivojlanmoqda, iqtisodiy raqobatga kirishish ehtimoli ham yo‘q emas. Bu haqda Qosim-Jo‘mart To‘qayev "Ana tili” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy raqobat ehtimoli haqida gapirib, "Bu haqda hech qachon unutmasligimiz kerak. Qozog‘iston o‘zining yetakchilik mavqeyini saqlab qolishga majbur”, degan.

Qozog‘iston prezidenti intervyuda qozoq tilini ommalashtirish, rus tili istiqbollari haqida gapirgan. Qozog‘iston rahbari, o‘z navbatida, O‘zbekiston borasida ham qator fikrlarni bildirib o‘tgan. U, masalan, rus tili borasida O‘zbekiston tajribasi yaxshi namuna bo‘lib xizmat qilishini qayd etgan.

"O‘zbeklar o‘zlariga xos vazminlik va hurmat bilan, balandparvoz bayonotlarsiz til masalasini hal etdi. Zarur bo‘lganda, rus tiliga murojaat qilindi. Haligacha O‘zbekiston davlat idoralarida rus tilidan foydalanishlari meni hayratlantirdi. Ushbu xalqning butun pragmatizmi shunda namoyon bo‘ladi. Ular butun tarix davomida shunday bo‘lib kelgan”, — deya ta’kidlagan To‘qayev.

Uning qayd etishicha, o‘zbeklar ijtimoiy munosabatlarni siyosiylashtirishdan qochgan holda, mehnat va savdoga asosiy urg‘uni berib, XX asrning boshida Markaziy Osiyoning eng yirik xalqiga aylangan. Shuning uchun ham buyuk Abayning o‘zbek xalqi haqidagi dohiyona so‘zlar texnologiya davrida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmayapti. Ushbu mamlakat mitinglar bilan emas, bunyodkorlik bilan shug‘ullanayapti.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning yanvar—may oylarida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 1,091 milliard dollarni tashkil qilgan, O‘zbekiston shu davrda Qozog‘istonga 317,4 million dollarlik mahsulot va xizmatlarni eksort qilgan bo‘lsa, 773,8 million dollarlik importni amalga oshirgan. Tashqi savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha Qozog‘iston O‘zbekistonning uchinchi eng yirik hamkorl hisoblanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:483 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь