• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 16 » Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha tender e’lon qilindi
12:08
Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyalari qurilishi bo‘yicha tender e’lon qilindi

O‘zbekiston Energetika vazirligi Qoraqalpog‘istonning Qarao‘zak tumanida 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender e’lon qildi. Bu haqda vazirlik matuot xizmati xabar berdi.

Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarni ushbu loyiha bo‘yicha obyektlarni rivojlantirish, moliyalashtirish, qurish, egalik qilish va ulardan foydalanishda ishtirok etishga taklif etadi.

Ushbu shamol energiyasi loyihasi bo‘yicha birinchi tender Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ko‘magi bilan umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qarao‘zak tumanida ushbu shamol elektr stansiyasini va tegishli infratuzilmani qurish uchun joy tanlangan. Ayni paytda ushbu hududda ekologik tadqiqotlar va qushlarning migratsiyasini o‘rganish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, birinchi elektr stansiyasi quriladigan maydon yaqinida umumiy quvvati 200 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini barpo etish rejalashtirilgan. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun shunga o‘xshash tender o‘tkaziladi. Loyiha O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan, qayta tiklanadigan energiya manbalarini jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli strategiyaning bir qismidir.

Ushbu strategiya mamlakatda iqtisodiy o‘sib borayotgan elektr energiyasi iste’molini qondirish uchun kelgusi 10 yil ichida quvvati 3 GVt gacha bo‘lgan shamol elektr stansiyalari qurilishini ko‘zda tutadi.

2019-yilning avgust oyida Prezident qaroriga asosan Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari qurish bo‘yicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish belgilangan edi. Oktabr oyida esa Birlashgan Arab Amirliklari Navoiyda 100 mVt quvvatli quyosh elektr stansiyasini qurishi ma’lum bo‘lgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:548 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь