• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1361
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Fevral » 18 » Qoraqalpog‘istonda eshaklar “qabristoni” aniqlandi. Hayvonlar go‘shti sotuvga chiqarilgan bo‘lishi mumkin
18:47
Qoraqalpog‘istonda eshaklar “qabristoni” aniqlandi. Hayvonlar go‘shti sotuvga chiqarilgan bo‘lishi mumkin

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanidagi "Taza-bag‘” va "Qirqqizobod” OFY hududlarida eshaklar "qabristoni” aniqlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, so‘yilgan eshak suyaklari 3 ta maydonga tashlangan. Ularning bittasida 55 ta eshakning qovurg‘alari borligi aytilmoqda.

Mazkur hodisa 12-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan videotasvirdan keyin aniqlangan. Videotasvirda ta’kidlanishicha, eshaklar odamlarga tarqatilayotgan bo‘lishi mumkin. "Agar u hayvonot bog‘lariga olib ketiladigan bo‘lganida suyaklari bilan ketishi kerak edi. Eshaklar mohir qassob tomonidan so‘yilgan-ki, qovurg‘a suyaklaridan go‘shtlar silliq ajratib olingan. Qabristonda yangi so‘yilgan eshaklarning qovurg‘a suyaklaridan tashqari kallasini, quloqlarini ko‘rish mumkin”, — deyiladi xabarda.

Videotasvirda ma’lumot berilishicha, eshak suyaklari 2021-yilning yanvar oyidan buyon 3 marotaba olib kelib tashlangan.

Ellikqal’a tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, hayvonlar kasalliklarini aniqlash, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va Davlat markazi mutaxassislari tumandagi barcha go‘sht do‘konlarida tekshiruvlar o‘tkazgan. Tuman aholisi o‘rtasida eshak sotib olishni so‘ragan va sotib olgan fuqarolar haqida surishtiruv ishlari boshlangan. "Lekin hozirgacha eshaklar nima maqsadda so‘yilganligi bo‘yicha ma’lumot yo‘q”, — deyiladi xabarda.

Ellikqal’a tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tumandagi go‘sht do‘konlarida asosan qora mol go‘shti sotilishini, qora mollar esa "Ellikqal’a” OFY hududidagi kushxonada so‘yilishini ma’lum qilgan.

Hozirda kushxona va tumandagi go‘sht do‘konlarida sotilayotgan go‘shtlarning yaroqlilik ma’lumotnomasi va go‘shtga qo‘yilgan kleymolari mavjud ekanligi o‘rganilmoqda.

Mazkur hodisa yuzasidan tuman hokimligiga, prokuraturasiga va ichki ishlar bo‘limiga ham murojaat qilingan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida mushuk go‘shti va undan tayyorlangan taomlarni sotgan uddaburon tadbirkorlar qo‘lga olingani to‘g‘risidagi xabarlar tarqalgandi. Keyinroq Farg‘ona viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar asossiz va noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:419 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728