• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 25 » Qoraqalpog‘iston va Samarqandda jami 21 nafar bemor sog‘aydi
13:45
Qoraqalpog‘iston va Samarqandda jami 21 nafar bemor sog‘aydi

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida jami 21 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 25 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar, Samarqand viloyatida 17 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘istonda sog‘ayganlarning barchasi uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashinasi haydovchilari bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali yurtimizga kelgan.Tahlil natijalariga ko‘ra, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Hududlar bo‘yicha oladigan bo‘lsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy hamda Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 36 yoshda, yoshi kichigi esa 23 yoshda. Endilikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuzalganlar 122 nafarga yetdi, davolanayotganlar esa 9 nafarni tashkil etmoqda. Ya’ni, Qoraqalpog‘iston koronavirusdan holi hudud bo‘lishga juda yaqin turibdi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (6 nafari Oqdaryo tumanidan, Samarqand shahri va Samarqand tumanidan 4 nafardan, Ishtixon, Payariq va Toyloq tumanlaridan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ulardan 8 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 67 yoshda, yoshi kichigi esa 2020 yilda tug‘ilgan chaqaloq. 
Endilikda viloyatda sog‘ayganlar 247 nafar, davolanayotganlar 90 nafar tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, bugun hozirga qadar 21 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2586 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha 3180 kishida koronavirus aniqlangan. Bugungacha bemorlarning 13 nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:492 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь