• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 23 » Qonunchilik palatasi O‘zbekistonda IMEI kodlari bo‘yicha pulli ro‘yxatga olishni bekor qilish to‘g‘risidagi petitsiyani o‘rganmoqda
17:20
Qonunchilik palatasi O‘zbekistonda IMEI kodlari bo‘yicha pulli ro‘yxatga olishni bekor qilish to‘g‘risidagi petitsiyani o‘rganmoqda

Parlament quyi palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan "Mobil qurilmalarni yagona xalqaro identifikatsiya IMEI kodlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish” masalasini o‘rganish boshlandi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur o‘rganish Oliy Majlisning "Mening fikrim” yagona jamoatchilik tashabbuslari veb-portali orqali kelib tushgan IMEI identifikatsiya kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovni bekor qilish haqidagi jamoaviy murojaat bo‘yicha qarorini tayyorlash doirasida o‘tkazilmoqda.

2019-yil dekabr oyi o‘rtalarida mobil qurilmalarni IMEI bo‘yicha pulli ro‘yxatga olishni bekor qilish to‘g‘risidagi murojaat joylashtirilgandi. Petitsiya e’lon qilingan vaqtdan buyon 20 mingdan ziyod ovoz va 450 dan ortiq izoh to‘pladi. Parlament uni ko‘rib chiqishi uchun esa 10 ming ovoz yetarli.

Masalani o‘rganish uchun parlamentning tegishli qo‘mitasi tomonidan deputatlar bilan birgalikda IT-biznesi, ilmiy va ekspert doiralari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilgani ma’lum qilindi. Ta’kidlanganidek, o‘rganilayotgan masala yuzasidan qo‘mitaning ishi natijasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida ko‘rib chiqiladigan maxsus ma’ruza bo‘lishi kerak.

Qo‘mita tomonidan mazkur ma’ruzani tayyorlash doirasida quyida keltirilgan ishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda:

mobil qurilmalarni yagona xalqaro identifikatsiya IMEI kodlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish milliy tizimi faoliyati bilan bog‘liq statistik va moliyaviy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish;

mobil qurilmalar kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tushadigan mablag‘lar hajmi va olingan mablag‘larni aniqlash hamda ularni maqsadli sarflash mexanizmlarini o‘rganish;

bojxona statistikasi ma’lumotlari asosida mobil aloqa texnikalari importi dinamikasi tahlili;

import qiluvchilar va fuqarolar tomonidan IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish amaliyotini o‘rganish, ushbu faoliyatda muammolar ehtimolini aniqlash;

mobil qurilmalarni davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini tashkil etish va faoliyat yuritishi xalqaro tajribasining qiyosiy-taqqoslama tahlilini o‘tkazish;

foydalanuvchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazish;

joriy qilingan mobil qurilmalar kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimining tartibi, maqsad va vazifalarini aholiga yetkazish bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarining o‘tkazilishi samaradorligini o‘rganish va boshqalar.

O‘rganilgan ishlar asosida qo‘mita IMEI kodlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovni bekor qilish/qoldirishning maqsadga muvofiqligi, shuningdek, ushbu sohada faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha ma’ruzada o‘z fikrini bayon qiladi va ushbu fikrni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:513 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829