• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1890
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
Главная » 2019 » Fevral » 15 » Qo‘shmachiga aylangan er Rozi bo‘lmasang, o‘zingdan ko‘r
21:14
Qo‘shmachiga aylangan er Rozi bo‘lmasang, o‘zingdan ko‘r

Ayollarga nisbatan rahm-shavqat yo‘qolmoqda...(mi)?

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan, butun jamiyat, davlat e'tiborida bo‘lib turgan ayol sha'ni, uning qadr-qimmati haqida so‘z yuritishga jazm etdik.

Bir o‘zbek ayoli, o‘zbekistonlik fuqaroning xo‘rlanishini tasvirga olib tarqatishdan, kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlashdan, jamoaviy tazyiq o‘tkazishdan toymaydigan xodim kasbiga-ku munosib bo‘la olmabdi,  uni shu yurt farzandi deb, bo‘ladimi?!

Shu kasb mutaxassisini aybi yuzaga chiqqani uchun ko‘ryapmiz, xolos. Hali o‘zini oshkor qilmagan, lavozimini su'iste'mol qilayotgan yana qancha xodimlar bordir. Biz ularni bilmasmiz, ehtimol. Umid qilamizki, bu kabi fuqarolik burchini unutgan, davlatdan oylik olib, mamlakat rivoji, taraqqiyotiga ichdan zarba berayotganlar o‘z o‘rnini, albatta, anglaydi.

Qo‘shmachiga aylangan er

"Kechroq turmushga chiqdim. Erim ham yosh emasdi. Turmush qurganimdan so‘ng erimning boshqa ayoli borligini bildim. Faqat ota-onasi bu ayolga rozilik bermagach, menga uylangan. U buni har doim takrorlashdan charchamasdi. Oradan ko‘p o‘tmay, erim "sevgilisi” uni xorijga ishga chaqirayotgani, meni ham olib ketishini, u yerda ishlab,  pul topib kelishimizni aytdi. "Rozi bo‘lmasang, o‘zingdan ko‘r”, deb tahdid qilgach, qaynopamga maslahat soldim. U agar erim bilan birga ketsam, doim yonida bo‘lsam, o‘rtadagi ayol bizni tinch qo‘yishi mumkinligini aytgach, qalbimda umid uyg‘ondi. Erim bilan birga ketdim. Ammo...”

Endigina 32 yoshni qarshilayotgan qashqadaryolik N.A.ning yaqinlari, eri, umuman insonlarga bo‘lgan ishonchi alamzadalik, qo‘rquv, nafrat va ishonchsizlik bilan yo‘g‘rilgan edi. Uni uch yil davomida o‘z eri boshqalar bilan til biriktirib, fohishalik qilishga majburlagan. Qonuniy va shar'iy xotinining orqasidan pul topgan. Kimniki oldiga borsa yordam so‘rashdan charchamagan ayolga hech kim rahm-shafqat qilmagan. Bir kuni hech bir hujjatlarsiz, "mijoz”ning pulini o‘g‘irlab qochishga majbur bo‘lgan.

Nima deb izoh berish mumkin? Qayoqqa qarab ketayapmiz odamlar?!

Tarozining pallasi og‘moqda...mi?     

Jamiyatimizda ayol – onasi, opa-singlisi, turmush o‘rtog‘i, qizining sha'nini asrash degan burch, or-nomus qayerda qoldi? Milliy an'analarimiz, mentalitetimizga xos insoniylik, mehr-oqibat, rahm-shafqat kabi tuyg‘ularning bu qadar shiddat bilan yemirilishiga nima sabab bo‘lmoqda?

Nahotki insonlarni bugungi globallashuv davri, axborot asri, "ommaviy madaniyat” shu qadar o‘zgartirayotgan bo‘lsa. Bu inson ruhiyati, kechinmalari, bolaligi, tarbiyasi, ilmsizlik bilan bog‘liq masala emasmi?       

Ayol farzandini o‘ldirsa, qanday sabab, bahona bo‘lishidan qat'iy nazar uni oqlab bo‘lmaydi. Bu mo‘'tabar zot nomiga munosib emasligini yaxshi bilamiz.           

So‘nggi vaqtlarda bu kabi hodisalar ayolning jamiyatdagi mavqyeini yo‘qotishiga, qadr-qimmatining tushishiga olib kelgani rost. Bu kabi xato, mudhish xatti-harakatlar butun jamiyat ayollari uchun isnod bo‘lib kelmoqda. Tarozining ikki pallasi bir xil bo‘lmasa, u bir tomonga og‘ib ketadi. Shunday ekan jamiyatda hamma o‘z o‘rni, vazifasini bilishi kerak. Shundagina muvozanat bo‘ladi.

Hoy erkaklar, siz qayerdasiz?      

"Qop ko‘tarib yurar ayollar”... Qo‘shiqdagi shu so‘zlar beixtiyor tilimizga keladi. Bu yangilik bo‘lmay qoldi. Erining ichkilikka ruju qo‘ygani, uyga pul olib kelmayotgani, farzandlariga qaramayotgani yoki yana boshqa sabablar bilan xotin-qizlar mardikorlikka chiqmoqda.           

Poytaxtimizdagi mardikorlar turadigan joylarni aytib o‘tirishning keragi yo‘q. Buni ko‘pchilik allaqachon yaxshi biladi. Ayni vaqtda viloyatlarimizning tuman, qishloqlarida ham ayni holat kuzatilayotgani achinarli. Issiqni issiq demaydi, sovuqni sovuq. O‘zining ayol ekanini ham unutib, og‘ir ishlarni bajaradi. Shu topda so‘ragingiz keladi. Hoy erkaklar, siz qayerdasiz? Ayollarning og‘ir mehnatga jalb etilishi zamonaviylik belgisi emas.
Категория: Har-Hil | Просмотров:2927 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728