• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 26 » Qo‘rqinchli chegara. Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi ziddiyat yanada keskinlashdi
14:29
Qo‘rqinchli chegara. Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi ziddiyat yanada keskinlashdi

Hindiston armiyasi 26 iyun kuni Xitoy bilan chegaradagi Ladakx tumaniga qo‘shimcha qo‘shin kontingentini joylashtirdi. Bu haqda "The Times of India” gazetasi yozmoqda.

"Hindiston armiyasi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Depsang-Bulj hududiga Xitoyning mamlakat hududiga kirib borishining oldini olish uchun ushbu hududda qo‘shimcha qo‘shin va qurol-yarog‘lar joylashtirdi", deb xabar bergan gazeta.

Nashrning ta’kidlashicha, jami 30-36 ming kishilik uchta piyodalar bo‘linmasi, tanklar va artilleriya qurilmalari Xitoy bilan chegarada joylashtirilgan. Hindiston havo kuchlari qiruvchi samolyotlari Ladakx ustidan havo maydonini patrul qilmoqda.

Xitoy ham, o‘z navbatida, Ladakxdagi demarkatsiya chizig‘ida harbiylari sonini oshirmoqda. Hindiston va Xitoyning belgilanmagan chegarasi bo‘lmish Ladakxda bir necha kun oldin hind va xitoy qo‘shinlarining qurolli to‘qnashuvi yuz berdi.

Kecha, 25 iyun kuni Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Xitoyni Sharqiy Ladakxdagi haqiqiy nazorat chizig‘idan qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risidagi ikki tomonlama kelishuvlarga rioya qilmasligi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirgan edi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15-16 iyunga o‘tar kechasi Ladakx ittifoq hududidagi Galvan daryosi hududida hind va xitoy harbiylari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Hind armiyasi manbalariga ko‘ra, hech qanday o‘qotar qurol ishlatilmagan - tayoq va toshlardan foydalanilgan. 

Bu to‘qnashuvlarda kamida 20 hind askari halok bo‘ldi, 76 kishi yaralandi. Hindiston armiyasidagi manbalar, shuningdek, taxminan 45 xitoy askari o‘ldirilgan va yaralanganini aytdi. May oyi boshlarida 250 ga yaqin xitoy va hind askari ishtirok etgan to‘qnashuvlardan so‘ng, Ladakxdagi vaziyat yomonlashdi. Ikkala tomondan ham 100 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Joriy yilning 20 iyun kuni Hindiston mudofaa tizimini kuchaytirish uchun Sharqiy Ladakxga Apache vertolyotlari va qiruvchi samolyotlarni joylashtirgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:463 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь