• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 19 » Qo‘lni bir kunda necha marotaba yuvish kerak?
14:38
Qo‘lni bir kunda necha marotaba yuvish kerak?

Butun dunyo bo‘ylab yangi turdagi koronavirus tarqalgani sabab millionlab odamlar uchun shaxsiy gigiyenaga rioya qilish birinchi masalaga aylandi. Epidemiologlar virusga qarshi kurashishning eng yaxshi yo‘li — qo‘lni vaqtida yuvish deya ta’kidlamoqda. Qo‘lni yuvish bir qarashda juda oddiy ishdek tuyulishi mumkin, biroq aslida ushbu jarayonning muhim jihatlari bor va uni doim yodda saqlash kerak. BigPicture qo‘lni samarali yuvishning usullari haqida ma’lumot berdi.

Albatta sovundan foydalanish kerakmi?

Kun davomida qo‘lni bir necha marta yuvish organizmga turli bakteriya va viruslar tushishi ehtimolini kamaytiradi. Teridagi ovqat qoldiqlari va boshqa ifloslanishlar — bu kasallik keltirib chiqaruvchi organizmlarning yashashi uchun juda qulay muhit.

Sovun teri ustida ko‘payishga ulgurgan mikroorganizmlar sabab yuzaga kelgan suv-yog‘ qatlamni yuvib tashlash imkonini beradi. Shu sababli qo‘lni yuvishda imkoni boricha sovundan foydalanish tavsiya etiladi. Biroq qandaydir sabab bilan sovun bo‘lmasa, shunchaki suv bilan yuvish ham kifoya qiladi.


Shifokorlar, shuningdek, qo‘llarni maxsus vositalar yordamida yaxshilab yuvish orasidagi vaqtda, sovunsiz suv bilan vaqti-vaqti bilan yuvib turish zarar qilmasligini ta’kidlaydi.

Bir kunda qo‘lni necha marotaba yuvish kerak?

Qo‘llarni ovqatlanishdan oldin va keyin sovunlab yuvish kerak. Shuningdek, bu ishni jamoat joylariga borganda, transport vositasidan foydalanganda, turli jonzotlarni ushlaganda, ko‘chalar bo‘ylab sayr qilib bo‘lgandan keyin, ayniqsa, pul sanagandan so‘ng amalga oshirish kerak. Har bir inson qo‘lini kuniga kamida 7 marotaba yuvishi kerak.


Sovun — teridagi yog‘larni yuvib, uni quritadigan kimyoviy moddadir. Ammo aynan shu salbiy omillarda uning foydali xususiyatlari yotadi. Mikroblar qo‘llarning terisidagi yog‘ qatlamida yashaydi va ko‘payadi. Shu sabab qo‘llarni sovun bilan yuvish orqali ulardan vaqtincha qutulish mumkin.

Shuni unutmaslik kerakki, terida yog‘ bezlari juda tez tiklanadi, ularda mikroorganizmlarning ko‘payish jarayoni darhol boshlanadi. Shuning uchun kun davomida qo‘llarni yuvish ortiqcha bo‘lishi mumkin emas — qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.

Sovun: oddiymi yoki antibakterial?

Har qanday sovun suv-yog‘ qatlamini yo‘q qiladi, ammo antibakterial yana bir qator afzalliklarga ega. Uning tarkibini tashkil etuvchi mikroblarga qarshi komponentlar qo‘llarni yuvgandan keyin bir muncha vaqt terida qoladi va mikroblarning ko‘payishini to‘xtatadi.

Antibakterial sovun nafaqat gigiyenik funksiyani bajaradi, balki terini zararsizlantiradi. Afsuski, bu ta’sir uzoq vaqt davomida saqlanib qolmaydi, shuning uchun bunday mahsulotni ishlatish qo‘lni kamroq yuvish yoki uni yaxshilab yuvmaslik uchun sabab bo‘la olmaydi.

Qo‘l uchun krem

Ko‘pchilik yuvinishdan keyin qo‘llarni maxsus krem bilan artishga odatlangan, bu esa sovunni qo‘llash natijasida terining yo‘qotilgan namligini qayta tiklashga yordam beradi. Bu qo‘lni yuvishning foydasiga zid emasmi, axir suv orqali tabiiy yog‘ qatlam yuvib tashlanib va darhol sun’iy krem surtilmoqda?

Har doim ham qo‘l yuvilganidan keyin krem ishlatilmaydi. Uning maqsadi terini quruqlikdan himoya qilishdir, bu uning to‘siq funksiyasini kamaytiradi. Odatda, terining o‘zi namlashi uchun kerak bo‘lgan miqdordagi kremni o‘zlashtiradi, ammo ortiqcha qoldiq bo‘lsa, ularni artib tashlash kerak. Terida qolgan krem mikroblarning ko‘payish joyiga aylanishi mumkin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:584 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031