• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 290
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 163
Гостей: 163
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2021 » Yanvar » 17 » Qirg‘izistondagi prezident saylovining rasmiy natijalari e’lon qilindi
11:06
Qirg‘izistondagi prezident saylovining rasmiy natijalari e’lon qilindi

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining 100 foiz byulletenlarini hisoblab chiqdi. Unga ko‘ra, saylovlarda Sadir Japarov 79,23 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi. Bu haqda "Interfaks” xabar qildi.

Muxolifat nomzodi Adaxan Madumarov 6,79 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. 2,35 foiz bilan uchinchi o‘rinni tadbirkor Bobur To‘lboyev egalladi.

Saylovlarda saylovchilarning umumiy faolligi 39,34 foizni tashkil etdi.

1 foiz va undan ko‘proq ovoz olgan nomzodlar orasida sobiq jurnalist Arstanbek Miktibek (1,69 foiz), respublika Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Abdil Segizbayev (1,45 foiz), tadbirkor Imomidin Tashov (1,18 foiz) hamda "Islohot” muxolifat siyosiy partiyasi rahbari Klara Sooronqulova (1 foiz) bor.

Qolgan 10 nomzod 1 foizdan ham kam ovoz olgan. Saylovchilarning 1,34 foizi "hammaga qarshi” ovoz bergan.

Komissiya matbuot xizmatining "Interfaks”ga xabar berishicha, Markaziy saylov komissiyasi ovoz berishning rasmiy natijalarini 24-yanvargacha e’lon qilishi kerak, shundan so‘ng yangi davlat rahbarining inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tadi. Natijalardan norozi bo‘lgan nomzodlar saylov kunidan keyingi 14 kun ichida e’tiroz bildirishi mumkin.

Mamlakat rahbarining muddatidan oldin saylovlari bilan birgalikda Qirg‘izistonda boshqaruv shakli bo‘yicha referendum o‘tkazildi. 100 foiz byulletenlarni qo‘lda hisoblash natijasida saylovchilarning 84,11 foizi prezidentlik boshqaruv shakli uchun ovoz bergan, 11,27 foiz saylovchilar parlamentar respublikasini tanlagan, 4,62 foiz ​​saylovchilar "hammasiga qarshi” ovoz bergan.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistondagi prezident saylovi muddatidan avval o‘tkazildi — bu saylovning o‘tkazilishi 2020-yil oktabrida, parlament saylovlaridagi ehtimoliy qoidabuzarliklar sabab boshlangan tartibsizliklar tufayli avvalgi davlat rahbari So‘ronboy Jeenbekov iste’fo bergach e’lon qilingan edi.

Sadir Japarov oktabrdagi to‘polonlarga qadar tartibsizliklar keltirib chiqarishda ayblanib, 10 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan edi. Namoyishchilar bosimi ostida u qamoqdan ozod qilindi, ertasiga esa parlament tomonidan bosh vazir etib tayinlandi. Jeenbekovning iste’fosidan keyin esa u prezident vazifasini bajaruvchiga aylangan edi. U saylovlarda qatnashish uchun mamlakat rahbari vazifasini bajaruvchi vakolatlarini 15-noyabr kuni topshirdi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovlarida qozongan g‘alabasi bilan tabriklagani, Sadir Japarov Rossiyani Qirg‘izistonning bosh ittifoqdoshi deb atagani hamda Japarov Qirg‘izistonda rus tilining rasmiy maqomini saqlab qolishga va’da bergani haqida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:507 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031