• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 26
Гостей: 26
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 1 » Qirg‘izistonda koronavirusga qarshi choralar kuchaytiriladi
22:37
Qirg‘izistonda koronavirusga qarshi choralar kuchaytiriladi

Bugun,  1 iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov Bosh vazir Kubatbek Boronov bilan mamlakatdagi mavjud epidemiologik vaziyatni muhokama qildi. 

Hukumat rahbari Respublika shtab-kvartirasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bishkek shahar meriyasi va Hukumatning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli idoralari tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha,  bugun, kun oxiriga kelib, bemorlar uchun bir qator o‘quv muassasalarining yotoqxonalarida 750 ta va Manas aeroportida 400 o‘rinli yotoq tashkil etiladi. 

Uchrashuvda ta’kidlanishicha, tez tibbiy yordamning imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.  Biroq, mutaxassis kadrlar tanqisligi talabalarni ishga jalb qilishga sabab bo‘lmoqda. 

Mamlakatda aholiga tibbiy maslahat berish bo‘yicha "118" ishonch telefoni "xizmati kuchaytirilgan. 

Shu bilan birga, Bosh vazir Prezidentni pandemiyaga qaramay, davlatning barcha ijtimoiy majburiyatlari bajarilayotgani, shu jumladan ijtimoiy to‘lovlar va ish haqi o‘z vaqtida to‘lanayotganiga ishontirdi.  

Prezident Sooronboy Jeenbekov bugungi kunda virus keng tarqalishining oldini olish, shuningdek bemorlarni tibbiy muassasalarga joylashtirish asosiy vazifa ekanini ta’kidladi. 

Prezidentning qayd etishicha, mamlakat bo‘ylab epidemiyaga qarshi tadbirlarni kuchaytiriladi. 

Davlat rahbari shifoxonalarda qo‘shimcha ko‘rpa-to‘shaklarni tezroq ko‘paytirish,  koronavirus infeksiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash uchun yangi tibbiy muassasalarni moslashtirish, tibbiyot xodimlarini safarbar etishga alohida e’tibor qaratdi. 

"Respublika shtab-kvartirasi va mutaxassislaridan jamoatchilik barcha masalalar bo‘yicha to‘liq va haqqoniy ma’lumotlarni olishi kerak. Jamiyatning fikr-mulohazalari juda muhimdir. Shundagina keskin vaziyatni yengillashtirish va xavotirli prognozlar tarqalishini kamaytirish mumkin bo‘ladi”, deydi Prezident. 

Davlat rahbari so‘zida davom etarkan, hozirdanoq kuz-qish mavsumiga, xususan mavsumiy kasalliklarni davolashga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar 5735 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 62 nafari vafot etgan, 2443 nafari sog‘aygan. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:448 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031