• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1776
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 49
Гостей: 49
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » Mart » 12 » Qirg‘izistonda koronavirus xavfi sababli ommaviy tadbirlar bekor qilindi
18:29
Qirg‘izistonda koronavirus xavfi sababli ommaviy tadbirlar bekor qilindi

Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri Muhammadkali Abilg‘oziyev mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ommaviy tadbirlar o‘tkazishni taqiqlash bo‘yicha qaror imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatiga tayanib, "RIA Novosti” xabar bermoqda.

"Hukumat koronavirus infeksiyasi (COVID-19) bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yaxshilanguncha madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga vaqtinchalik taqiq joriy etdi. Tegishli qarorni bosh vazir Muhammadkali Abilg‘oziyev imzoladi”, — deya xabar bergan matbuot kotibi.

Vazirlar Mahkamasining ta’kidlashicha, ushbu qaror koronavirus infeksiyasi xavfining oldini olish va aholining sanitariya-epidemiologik farovonligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

Qayd etilishicha, farmonda savdo, xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan vaqtinchalik cheklov olib tashlangunga qadar ommaviy tadbirlarni o‘tkazmaslik va ularda ishtirok etishdan voz kechish, shuningdek, xonalar va katta zallarga sanitariya-texnik vositalar va havo tozalash moslamalarini joylashtirish tavsiya etilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston hududida koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmagan. 500 nafardan ortiq kishi shifokorlar nazorati ostida. Mamlakatda infeksiya aniqlanishi ehtimoliga qarshi respublika shtabi tuzilgan. Mamlakat Xitoy bilan chegarani vaqtincha yopgan. Boshqa chegara davlatlardan keluvchilar tana haroratini o‘lchash moslamalari bilan tekshirilmoqda. Virus tarqalgan mamlakatlardan kelganlar ikki hafta davomida karantinga yuboriladi.

Avvalroq Ozarbayjonda koronavirus sabab Navro‘z bayrami tadbirlari bekor qilingani, Qozog‘istonda ham ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanib, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqadigan bo‘lgani xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:616 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031