• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1897
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 38
Гостей: 38
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » Aprel » 24 » Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 656 kishiga yetdi
11:52
Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 656 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 25 ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, "Kloop.kg” xabar berdi.


Kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Norin viloyati — 9;

Bishkek shahri — 6;

Chuy viloyati — 4;

O‘sh shahri — 3;

O‘sh viloyati — 3 ta.

Natijada mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlarning jami soni 656 kishini tashkil etmoqda. Kasallikka chalinish holatlari, asosan, O‘sh shahrida qayd etilgan — 157 kishi. Undan keyingi o‘rinda Bishkek (147 kishi) va Jalolobod viloyati (109 kishi) joylashgan. O‘sh viloyatida — 104 kishi, Norin viloyatida — 83 kishi, Chuy viloyatida — 42 kishida koronavirus aniqlangan. Issiqko‘lda COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olganlar 8 kishini, Batken viloyatida esa — 6 kishini tashkil etmoqda. Talas viloyatida hozirgacha kasallikka chalinish bo‘yicha birorta holat qayd etilmagan.

Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 8 kishi COVID-19 qurboniga aylandi, jami 322 kishi davolanishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda statsionarlarda 326 bemor davolanmoqda, ulardan 5 nafari jonlantirish bo‘limida.

Koronavirusga chalinganlarning 354 nafarini ayollar tashkil etayotgan bo‘lsa, 302 nafari — erkaklar. Bemorlarning 75 nafari — 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar orasida kasallikka chalinganlar to‘rt nafarga yetgan.

O‘zbekistonda 24-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1778 kishiga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning yetti nafari vafot etdi, 561 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:639 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:31
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930