• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Dekabr » 10 » Qirg‘iziston sobiq prezidentining korrupsiyada ayblangan ukasi hibsdan ozod etildi
11:47
Qirg‘iziston sobiq prezidentining korrupsiyada ayblangan ukasi hibsdan ozod etildi
Qirg‘iziston sobiq prezidenti So‘ronboy Jeenbekovning korrupsiyada gumon qilingan ukasi tergov izolyatoridan ozod etildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Yuqori Kengash (parlament) deputati Asilbek Jeenbekovga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi iltimosnoma Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan kiritilgan.

"Bishkek shahar Pervomayskiy tuman sudining 2021-yil 9-dekabrdagi qarori bilan A.Sh.Jeenbekovga nisbatan ilgari qo‘llangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilindi va u sud zalida hibsdan ozod etildi”, — deyiladi tuman sudi xabarida.

Reklamani yopish
Yana bir deputat To‘raboy Zulfiqorov ham ozodlikka chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, siyosatchilar "Qumtor” bo‘yicha jinoiy ish doirasida qo‘lga olingandi.

8-dekabr kuni Qirg‘iziston parlamentida yuqorida qayd etilgan deputatlarni jinoiy javobgarlikka tortishni ma’qullash yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi bosh prokurorining taqdimnomalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus deputatlik komissiyasi ishining yakunlari to‘g‘risida ma’lumotlar o‘qib eshittirildi.

Mazkur komissiya raisi Kanatbek Isayevning ma’lum qilishicha, yetarli va asosli dalillar yo‘qligini hisobga olib, ushbu deputatlar zudlik bilan ozod etilishi va ularni jinoiy javobgarlikka tortish to‘xtatilishi zarur, degan xulosaga kelingan.

Komissiya xulosasini 94 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, qarshi ovozlar bo‘lmagan.

Sentabr oyida Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Jo‘mart Otorboyev Qirg‘izistonda Qumtor konini qazishda "Qumtor koni bosh rejasining atrof-muhitga ta’sirini baholash jarayonida atrof-muhitni muhofaza qilish davlat agentligi komissiyasiga bosim o‘tkazganlikda” ayblanib hibsga olingandi.

Bundan avval Qirg‘iziston sobiq bosh vazirlari Temir Sariyev va Omurbek Babanov Qumtor ishi bo‘yicha hibsga olingandi. Shuningdek, Qirg‘izistonning birinchi va ikkinchi prezidentlari Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyevlar iyul oyi boshlarida Qumtor ishi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgan.

Asqar Akayev 2-avgust kuni Qirg‘izistonga qaytdi. U yo‘l qo‘ygan xatolari uchun hamda "Qumtor” loyihasini amalga oshirish chog‘ida umidlarni oqlamagani uchun qirg‘iz xalqidan uzr so‘radi. Qirg‘iziston sobiq prezidenti Qumtor ishi bo‘yicha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida so‘roq qilinganidan keyin mamlakatni yana tark etdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:363 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:32
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031