• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 1
Гостей: 1
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 15 » Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq faoliyat tartibga solinadi
16:57
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq faoliyat tartibga solinadi

14-fevral kuni Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi majlisida O‘zbekistonning "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini birinchi o‘qishga tayyorlash yuzasidan ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Qonun loyihasi tashabbuskori – Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi vakillari.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, "Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 18-maydagi "O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish choralar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Loyihaning maqsadi kelgusida ishchi muhitni takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlari uchun ko‘proq erkinlik va imkoniyatlar berish asosida yangi ish joylarini tashkil etishdan iboratdir. Unda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat egaligida bo‘lgani singari yuridik va jismoniy shaxslar egaligida ham bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgani bilan alohida ahamiyatga ega.

Qo‘mita majlisida deputatlar qonun loyihasidagi ba’zi kamchiliklarni tuzatish, loyihaga taalluqli barcha hujjatlar Qonunchilik palatasi reglamentiga muvofiq tayyorlangan bo‘lishi va to‘liq taqdim etilishi lozimligini qayd etib o‘tdi. Bundan tashqari, loyihada sohada ishlatiladigan atama va asosiy tushunchalarning haddan tashqari ko‘p ishlatilgani, ayrim moddalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydigan norma talabiga javob bermasligi tanqid qilindi.

Majlis yakunida qo‘mita a’zolari ushbu loyihaning qabul qilinishi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib olishda, mamlakatning zargarlik faoliyatni tartibga solishda asosiy hujjat bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidlagan holda, uni palata majlisida birinchi o‘qish uchun deputatlar hukmiga havola etishga qaror qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:525 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:10
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829