• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 4 » Qashqadaryolik “bankir” fuqaro nomiga chiqqan chorva kreditini “yeb ketdi”. Fuqaro olmagan krediti uchun foiz to‘lamoqda
21:28
Qashqadaryolik “bankir” fuqaro nomiga chiqqan chorva kreditini “yeb ketdi”. Fuqaro olmagan krediti uchun foiz to‘lamoqda

Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida bank mas’uli fuqaroga chorva uchun ajratilgan 20 million so‘m kreditni o‘zlashtirib yubordi, fuqaro esa olmagan krediti uchun foiz to‘lashga majbur bo‘lmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yil 17-may kuni "Agrobank”ning Dehqonobod filiali tomonidan Gulzoda Boyqulovaga chorva uchun 20 million so‘m kredit rasmiylashtirilgan va "Shoyimov Do‘stqobil” fermer xo‘jaligi tomonidan chorva mollari ajratib berilgan.

Biroq chorva mollari fuqaroga yetib bormagan. Ta’kidlanishicha, bank mas’ul xodimi Zafar Boymurodov ta’minotchidan olingan chorva mollarini o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan.

"Zafar ismli bank xodimi biz uchun ajratilgan chorva kreditiga olingan qo‘ylarni mijozga olib borib beraman, deb ta’minotchidan olib ketgan. Biz esa bundan bexabar qolganmiz. Bank bergan chekni olib, qachon bizga chorva berisharkan, deb yuraverganmiz”, — deydi Gulzoda Boyqulovaning kelini Rushana Ermatova.

Gulzoda Boyqulova nomiga rasmiylashtirilgan kredit hujjatlarini kelini Rushana Ermatova tayyorlagan va bu jarayonda unga o‘sha paytda bank boshqaruvchisi o‘rinbosari bo‘lgan Zafar Boymurodov ko‘maklashgan. Barcha hujjatlarda Gulzoda Boyqulova imzosi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, kreditga bank mas’uli ega chiqqan.

Qayd etilishicha, bankka taqdim etilgan hujjatlarda fuqaro Gulzoda Boyqulovaning chorva mollari oldida tushgan rasmi ham ilova qilinib, fuqaro mollarni olgani aytilgan va bank ta’minotchiga kredit mablag‘ini to‘lab bergan. Ta’minotchi esa pulni olgach, mollarni Zafar ismli bank xodimiga topshirgan.

"Zafar bizga qo‘yni oldida rasmga tushishimizni, shunday qilsak kredit tezroq berilishini aytdi. Shuning uchun ham Gulzoda opamni toqqa olib chiqib, qo‘ylarning oldida o‘zim rasmga tushirdim va bankka berdim. Keyin bilsam, Zafar shu rasmni ko‘rsatib bankdan pulni chiqarib, ega chiqqan”, — deydi Rushana Ermatova.

"Agrobank”dan ma’lum qilishlaricha, Zafar Boymurodov ismli shaxs hozirda ushbu moliya muassasasida ishlamaydi, u ishdan bo‘shatilgan. Bank rahbariyati sobiq xodimning mazkur qilmishini kredit foizi to‘lanmayotgani haqida fuqaroga ogohlantirish xati bergach bilgan va bu haqda tuman prokuraturasiga ma’lum qilgan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Dehqonobod tuman bo‘limi boshlig‘i Husniddin Amirqulovning ma’lumot berishicha, sobiq bank xodimi Zafar Boymurodovning ustidan nafaqat Gulzoda Boyqulova, balki boshqa bir necha fuqaro ham shikoyat qilgan.

"Mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari davom etyapti, tez orada holat bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi”, — deya qo‘shimcha qildi Husniddin Amirqulov.
Категория: Har-Hil | Просмотров:554 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:56
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031