• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1777
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » May » 6 » Qashqadaryo — “yashil” hudud. Qarshida shaxsiy avtomobillar harakati va taksilar qatnoviga ruxsat berildi
12:37
Qashqadaryo — “yashil” hudud. Qarshida shaxsiy avtomobillar harakati va taksilar qatnoviga ruxsat berildi

Qarshi shahrida 7-maydan boshlab shaxsiy avtomobillar harakati va yo‘nalishsiz taksilar faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haqda 6-may kuni viloyat hokimi Zoir Mirzayev hudud aholisiga yo‘llagan murojaatida ma’lum qilgan. Qayd etishlaricha, kun davomida maqsadli harakatlanish mumkin.

"Yo‘nalishsiz taksilarga uch nafar yo‘lovchi bilan yurishga ruxsat berilgan. Damas va avtobuslarga ruxsat berilmaydi” — deyiladi hokimlik axborotida. Aholi karantin qoidalariga amal qilgan holda mototsikl, skuter va velosipedlardan ham cheklovsiz, ammo maqsadli foydalanishi mumkin.

Viloyatda, shuningdek, sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari, savdo do‘konlari hamda mehmonxonalar (nonushtasiz) faoliyati ham qayta tiklanadi. Ushbu o‘zgarishlar Qashqadaryo viloyati "yashil” hudud deb topilgani bilan bog‘liq — ayni vaqtda viloyatda koronavirusga chalingan biror bemor yo‘q.

Avvalroq Samarqand va Namangan viloyatlari "qizil” hudud belgilangani, ushbu hududlarda karantin qoidalari hozircha yumshatilmasligi ma’lum qilingan edi. Hududlarni epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib "qizil”, "sariq”, "yashil” hududlarga bo‘lish tashabbusi Prezident raisligida 5-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda ilgari surilgan.

Qayd etish joiz, agar epidemiologik vaziyat yomonlashsa, karantin choralari qayta tiklanadi. "Epidemiologik vaziyat yaxshilangani sari cheklovlarni bekor qilishni davom ettiramiz. Aksincha, vaziyat yomonlashsa, karantin choralarini qayta tiklaymiz”, — deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.
Категория: Har-Hil | Просмотров:668 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031