• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » May » 2 » Qandli diabetdan aziyat chekyapsizmi? Qulupnaydan oling!
15:29
Qandli diabetdan aziyat chekyapsizmi? Qulupnaydan oling!

Biroz avval, qulupnay mavsumi boshlanishi munosabati bilan undan chiqayotgan qurtlar va ularning salomatligimizga zarari haqida moqola chop etgan edik. Mazkur maqoladan so'ng ko'pchilik mushtariylarimiz qulupnay iste'mol qilishga hadiksirab qolgani, hatto, farzandlariga ham qulupnayni man qilishgani haqida izohlar yozib qoldirishdi. Maqsadimiz qulupnaydan ko'nlingizni qoldirish emas, aksincha, uni ehtiyotkorlik bilan, yuvib iste'mol qilishni yana bir bir eslatish edi. Ko'pchilik kuzatuvchilarimizning talab va istaklariga binoan bugun qulupnayning foydali jihatlari haqida so'z yuritmoqchimiz. Qulupnay tarkibida qanday foydali moddalar bor? Qulupnay tarkibida katta miqdorda qand, vitamin, foliy kislotasi, tsellyuloza (kletchatka), karotin, pektin, temir, kobalt, kaltsiy, kaliy, magniy, ftor, molibden, fosfor va marganets kabi moddalar saqlanadi. Shu bilan birga, mazkur meva tarkibida inson salomatligi uchun zarur makro va mikroelementlar mavjud. Unda mevali kislotalar (olmali, limonli) hamda qahrabo va salitsil kislotalari bor. Foydali jihatlari Qulupnayning foydali xususiyatlarini sanab adog'iga etib bo'lmaydi. Xalq tabobatida yangi uzilgan yoki quritilgan qulupnay, uning sharbati, barglari va ildizpoyasidan keng foydalaniladi. Xususan, ildizpoyasidan jigar kasalliklari, o'tkir va surunkali xoletsistit, sariq, surunkali gepatit, o't-tosh kasalligi, oshqozon-ichak yo'li kasalliklari, surunkali gastrit va enterokolit, gemorroy, shuningdek, siydik tutilishi, kamqonlik, revmatizm, podagrani davolashda qulupnaydan foydalaniladi. Qulupnay ishtahani ochadi, terlatuvchi va siydik haydovchi xususiyatga ega, organizmda tuz almashinuvini, hazmni yaxshilaydi, chanqoqni bosadi. Agar bola jismonan zaif bo'lsa, ko'proq qulupnay eyishi yoki sharbatidan ichib turishi kerak. Qulupnay inson organizmidagi ko'plab mikroblarni yo'q qilish xususiyatiga ega. Shu asnoda u ichak infektsiyalari qo'zg'atuvchilari, stafilokokklar, streptokokklar, pnevmokokklar hamda gripp virusini o'ldirishga qodir. Stomatit, anginani, og'izdagi noxush hidni yo'qotish uchun qulupnay damlamasi bilan og'iz chayiladi. Tish yoki bo'g'imlar og'riganda, qulupnay barglarini issiq suvda namlab, og'rigan joyga qo'yish lozim. Qulupnay ichaklar va qonni tozalaydi. Qulupnay sharbati mevasi kabi juda foydali. Ayniqsa, gipertoniya, oshqozon va o'n ikki barmoq ichak yarasi, gemorroydan qon ketganda, o't tosh kasalligida (nahorda 100 ml) ichish tavsiya etiladi. Sharbat tayyorlashning bir necha usullari bor, shulardan biri: mevani oqar suvda yuvib, ustidan qaynoq suv quyiladi va asta eziladi, lekin urug'lari ezilib ketmasin. Keyin dokadan o'tkaziladi va ta'bga ko'ra shakar qo'shiladi. Qulupnay sharbatini oshqozon kislotaligi oshganda ichish mumkin emas. Qulupnay bilan davolanish usullari Energiya va kuch manbai: Qulupnay tarkibida etarli miqdorda organik shovul kislotasi mavjud bo'lib, mazkur modda tanani energiya bilan ta'minlash xususiyatiga ega. Avitaminoz (darmon dorilar etishmovchiligi)da: Qulupnayning bir nechta quritilgan bargini oling. Ularni qo'lingizda maydalab biror idishga soling. So'ng ustidan 200 ml qaynoq suvni quyib, 2 soat davomida damlab qo'ying. Ushbu damlamani taomdan oldin bir mahal 100 ml ichiladi. Siydik haydash uchun: Qulupnaydan terlatuvchi va siydik haydovchi vosita tayyorlash uchun 2 oshqoshiq meva ustidan 1 stakan qaynagan suv quyiladi va yarim soat termosda damlanadi. Keyin suzib, ovqatlanishdan oldin yarim stakandan ichiladi.



Категория: Har-Hil | Просмотров:1789 | Добавил: Admin | Теги: Qandli diabetdan aziyat chekyapsizm | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031