• Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
  • Tarmoq - O'zbek Tilida
  • Ilon Qiz - O'zbek Tilida
  • Qizil Nuqta - O'zbek Tilida
  • Sevgi Uchun Kurash - O'zbek Tilida
  • To'dadagi Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Timsohlar - O'zbek Tilida
  • Qonli Oltin - O'zbek Tilida
  • Ishq Qiyomati - O'zbek Tilida
  • So'nggi Qirollik - O'zbek Tilida
  • Bo'ron - O'zbek Tilida
  • Qaqshatqich Zarba - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1348
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
FANTASTIK
Akobir
Eldor22
Admen22
Omadshox_07
Mura3333
Главная » 2023 » Iyul » 21 » “Putin, jim bo‘l. Shunda senday prezidentimiz borligidan uyalmaymiz”: Girkinning hibsga olinishidan oldingi shov-shuvli bayonotlari
23:11
“Putin, jim bo‘l. Shunda senday prezidentimiz borligidan uyalmaymiz”: Girkinning hibsga olinishidan oldingi shov-shuvli bayonotlari

Moskvada qo‘lga olingan Igor Strelkov (Girkin) Rossiya hukumati va harbiy qo‘mondonligini Ukrainaga qarshi muvaffaqiyatli urush olib bormayotgani uchun muntazam ravishda tanqid qilib kelgan. 

So‘nggi kunlarda u o‘zining Telegram kanalida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Alina Kabayeva haqida keskin bayonotlar bergan. Hozirda u ekstremizmda ayblanmoqda. Strelkovning oxirgi bayonotlari quyidagilardan iborat.

18-iyul kuni u shunday deb yozgan edi: "Adashmayapmanmi yoki 15 yil davomida hech qachon: prezident buyurdi, prezident jazoladi, prezident mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi, degan bayonotlarni eshitmadimmi? Nolish, sheriklar haqida shikoyatlar, ‘barcha yomonlikka qarshi yaxshilikka’ chaqiriqlar qancha xohlasangiz, shuncha bor. Ammo uzoq vaqt davomida prezidentning ritorikasi an’anaviy ‘erkak standarti’ga — ‘aytganday ko‘rinishdan ko‘ra bo‘lishga’ o‘xshamaydi.
23 yil davomida mamlakat boshida aholining salmoqli qismining ko‘ziga chang sepishga muvaffaq bo‘lgan shaxs turdi. Mamlakat bunga yana olti yil chidamaydi”, — degan u.
19-iyul kuni Girkin Putinning Janubiy Afrika Respublikasidagi BRIKS sammitiga borishdan bosh tortganiga izoh berdi. "Ehtimol, ba’zi ishtirokchilar yig‘ilish oldidan 2 haftalik qattiq karantindan o‘tishdan bosh tortgandir”, — deb yozgan u.

Shuningdek, Girkin Ukraina ittifoqchilardan tobora kuchliroq qurol tizimlarini olishidan shikoyat qilgan.

"Asta-sekin va unchalik katta bo‘lmagan miqdor — urush imkon qadar uzoq davom etishi, ichki muammolar tufayli Rossiyaning qulashi bilan yakunlanishi uchun yetarli. Yangi hujumlar, teraktlar, qo‘poruvchilik harakatlari bo‘ladi. Ularning soni tobora ko‘payib boradi. Mamlakatimiz katta. Muammar Kaddafiy yo‘li bo‘ylab ‘jabrlanuvchiga yetib olish’ uchun finalga qadar ko‘p vaqt talab etiladi”, — degan Girkin.
Mart oyida Girkin Rossiya prezidentidan "jim bo‘lishni” so‘ragan.

"Vladimir Vladimirovich, jim bo‘l. Ovozingni o‘chir, yaxshisi jim bo‘l. Shunda mamlakatimizda senday prezident borligidan uyalmaymiz va dushman masxara qilmaydi”, — degan u o‘zining videomurojaatlaridan birida.

Girkinning hibsga olinishi

Moskvada 2014-yilda o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi (DXR) qo‘shinlariga rahbarlik qilgan Igor Strelkov (haqiqiy ismi Girkin) hibsga olindi. U ekstremizimda ayblanmoqda. Hozirda Girkinning uyi tintuv qilinmoqda, u qayerda ekani ma’lum emas.

Strelkov Gaaga tuman sudi tomonidan sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. U 2014-yil avgustida Malayziyaning Boeing halokatida aybdor deb topilgandi. Strelkov sud majlislarida qatnashmagan va o‘z aybini qat’iyan rad etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:50 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31