• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1766
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 1 » Putin hukumatga favqulodda holat e’lon qilish vakolatini berdi
22:37
Putin hukumatga favqulodda holat e’lon qilish vakolatini berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga mamlakat yoki uning muayyan qismida favqulodda holat va kuchaytirilgan tartib rejimini e’lon qilish vakolatini berdi. Rossiya davlat rahbari ushbu chora ko‘zda tutilgan qonunni imzoladi, deb xabar bermoqda "RIA Novosti”.

Qonun sharhida hujjatning mamlakatda koronavirus infeksiyasining tarqalishi sabab yuzaga kelayotgan hodisalarga nisbatan favqulodda choralar ko‘rish yuzasidan munosabatlarni tartibga solish uchun qabul qilingani qayd etilgan.

Shuningdek, Rossiya vazirlar mahkamasi tibbiyot buyumlari savdosini cheklash, harbiy harakatlarni amalga oshirish maqsadida favqulodda holat, profilaktika va kasallikni davolashda ishlatiladigan preparatlar va tibbiyot vositalarini ro‘yxatga olish bo‘yicha alohida tartib joriy qilish vakolatini ham olgan.

Qonun hukumatga 2020-yilda yagona yetkazib beruvchidan xaridlar amalga oshirishga ham ruxsat beradi. Hujjatda tomonlarga bog‘liq bo‘lmagan sharoitdan, ya’ni koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatlardan kelib chiqib shartnomalarning ijro muddatini o‘zgartirish mumkinligi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, endi RF vazirlar mahkamasi bankrotlik haqidagi ishlarga nisbatan moratoriy e’lon qilish imkoniyatiga ham ega.

Bundan tashqari, qonunda turoperatorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham hisobga olingan: yangi moddaga ko‘ra, shaxsiy javobgarlik bo‘yicha fondlarga to‘lovlar muddatini o‘zgartirish, shuningdek, bu kabi jamg‘armalarning turistlarga hukumatning har bir "yopiq” davlat bo‘yicha chiqarilgan qarori asosida mablag‘larni qaytarish mexanizmi ham ishlab chiqilgan.

Avvalroq Vladimir Putin tashrif buyurgan shifoxonaning bosh shifokorida koronavirus aniqlangani, Moskvada yashovchi aholi chiqindi tashlagani chiqish uchun ham ruxsatnoma olish majburiyatini olayotgani xabar qilingandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:549 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь