• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 7 » Prezident “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi
10:57
Prezident “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 4-mart kuni "Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mamlakatda mo‘tabar ayol zotini ulug‘lash, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarayotgan, ijtimoiy hayotda faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan qizlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullandi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi.

Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlaydi.

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:

Ibragimova Nazokat Muxtarovna — Qoraqalpoq davlat universitetining 1-bosqich magistranti;

Nuratdinova Dinara Yelubay qizi — Nukus davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi;

Abdumo‘minova Nigora Ixtiyorovna — Andijon mashinasozlik institutining 4-bosqich talabasi;

No‘monova Zulfira Iqboljon qizi — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati);

Rajabova Nilufar Komiljonovna — O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi (Buxoro viloyati);

Xolikova Nozima Nematilloyevna — Buxoro davlat universitetining tayanch doktoranti;

Ibragimova Vazira Xusan qizi — O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining "Ma’rifat va hikmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati muharriri 

(Jizzax viloyati);

Ilxomova Sevara Davron qizi — Jizzax politexnika institutining 3-bosqich talabasi;

Norchayeva Madina Norchayevna — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 2-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati);

Olimjonova Begoyim Mansur qizi — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

Omonboyeva Merey Erali qizi — Navoiy davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi;

Saparova Sitora Shaydullo qizi — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;

Azimova Dilafro‘z Alamxon qizi — Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);

Tojiboyeva Olimaxon Ikromjon qizi — Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 
9-sinf o‘quvchisi;

Musulmonova Kamola Xusniddin qizi — Samarqand davlat universitetining 2-bosqich magistranti;

Usmanova Nurinisso Olimovna — Samarqand davlat universitetining 1-bosqich talabasi;

Muxamadiyeva Sitora Shuxratjon qizi — Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi;

Samatova Shahnoza Ortiqboy qizi — Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati);

Abdurazaqova Ruxshona Ilhomjon qizi — Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-
internatining 8-sinf o‘quvchisi;

Qayimova Sabina Olimovna — Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazining to‘garak rahbari (Surxondaryo viloyati);

Boltayeva Mohira Matyoqub qizi — Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 1-bosqich talabasi (Toshkent viloyati);

Jalolova Mohinur Ziyovuddin qizi — P.Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining 11-sinf o‘quvchisi (Toshkent viloyati);

Xabibullayeva Nozima Xayrullo qizi — Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 1-bosqich magistranti (Farg‘ona viloyati);

Xomidova Nasiba Yunusjon qizi — Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali 1-bosqich magistranti;

Alimova Maxliyo Maxmud qizi — Toshkent tibbiyot akademiyasi 

Urganch filialining 6-bosqich talabasi (Xorazm viloyati);

Sharipbayeva Nazokat Quroltoy qizi — Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi (Xorazm viloyati);

Dzivinskaya Yuliya Stanislavovna — 2-Respublika tibbiyot kollejining 3-bosqich o‘quvchisi (Toshkent shahri);

Tog‘aymurodova Shaxnoza Shuxrat qizi — Toshkent shahri 

Sergeli tumanidagi 300-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi.
Просмотров:532 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031