• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Avgust » 31 » Prezident vatandoshlarimizga davlat mukofotlarini topshirdi
17:12
Prezident vatandoshlarimizga davlat mukofotlarini topshirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 27 yilligi arafasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan, o‘z sohalarida yuqori natijalarga erishgan bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 31 avgust kuni ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami, davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgani bilan tabrikladi.

- Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davriga, yangi bosqichiga qadam qo‘ydik.Kelajagimizni xalqimiz tomonidan qabul qilingan Harakatlar strategiyasi asosida o‘z qo‘limiz, o‘z kuchimiz bilan barpo etmoqdamiz. Odamlarni rozi qilishni bugungi siyosatimizning bosh maqsadi, deb bilamiz. "O‘sish”, "rivojlanish” deganda faqat raqamlarga, miqdor ko‘rsatkichlariga emas, avvalo ular aholining kundalik hayotida, uyi va dasturxonida qanday namoyon bo‘layotganiga ustuvor ahamiyat qaratayapmiz, - dedi Prezident.Bugun barcha-barcha jabhalarda o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, hududlarni kompleks rivojlantirish, qishloq va mahallarni obod qilish, xalqning turmush darajasini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bu ishlarga munosib hissa qo‘shayotgan, o‘zining fidokorona mehnati, Vatanga sadoqati bilan el-yurtga namuna bo‘layotgan insonlar xizmatini munosib qadrlanmoqda. Turli sanalar va kasb bayramlari munosabati bilan o‘nlab fidoyi insonlar davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida turli sanalar munosabati bilan 320 nafar vatandoshimiz davlatimiz tomonidan faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. Bayram arafasida ularning safiga yana 321 kishi qo‘shildi.

Prezidentimiz bir guruh yurtdoshlarimizga davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.

- Men sizlarning ko‘pchiligingizni yaqindan taniyman. Har biringizni o‘z mehnati, jonkuyarligi va tashabbuskorligi bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan hurmatli insonlar sifatida qadrlayman.

Barchangizga tilagim bitta: sizlar mana shunday yutuq va zafarlarni qo‘lga kiritishdan hech qachon charchamang. Biz esa sizlarga davlatimizning mana shunday yuksak mukofotlarini topshirishdan charchamaylik, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1271 | Добавил: Admin | Теги: Prezident vatandoshlarimizga davlat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031