• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Mart » 17 » Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi farmonga imzo chekdi
09:25
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi farmonga imzo chekdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16 mart kuni "Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Qayd etilsinki, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish davlat dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan va izchil chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida aholiga davlat tomonidan kafolatli bepul tibbiy yordam berishni ta'minlaydigan shoshilinch kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishning yaxlit tizimi tashkil etildi. 
 
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, uning hududiy filiallari, shuningdek, markaziy tuman va shahar kasalxonalari huzurida shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari, shu jumladan, tez tibbiy yordam va sanitariya aviatsiyasi xizmati tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. Shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalarini yuqori texnologik tibbiyot uskunalari va ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan jihozlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
 
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar har yili 600 ming nafardan ortiq bemorni shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalarida statsionarda davolashni, 1 million nafardan ortiq bemorga ambulatoriyada tibbiy yordam berishni ta'minlash, tez tibbiy yordam xizmati tomonidan bir yilda 7 milliondan ortiq chaqiriqni bajarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
 
Shu bilan birga, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning samaradorligi hali zamonaviy talablarga javob bermaydi, tez tibbiy yordam xizmatlarining malakali kadrlar, dori vositalari, tibbiyot uskunasi, ixtisoslashtirilgan avtotransport va aloqa vositalari bilan ta'minlanganligi darajasi yetarli emasligicha qolmoqda. Kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishni boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishning zamonaviy mexanizmlarini, shuningdek, shoshilinch tibbiyot sohasida mahalliy ilmiy-amaliy ishlanmalarni joriy etishga yetarlicha e'tibor berilmayapti. 
 
Shoshilinch tibbiy yordamning tezkorligini, texnologikligi va samaradorligini tubdan kuchaytirishga, aholiga o‘z vaqtida malakali shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davolash, ilmiy-metodik va ta'lim ishlarining butun kompleksini eng yuqori darajada tashkil etishga yo‘naltirilgan aholiga shoshilinch tibbiy yordam berish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida: 
 
1.                Quyidagilar shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirishning muhim yo‘nalishlari etib belgilansin: 
 
mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va malakali kadrlar bilan butlangan shoshilinch tibbiy yordam berishning zamonaviy, yuqori texnologik va samarali tizimini shakllantirish;
 
shoshilinch tibbiyot sohasida ilmiy, metodologik va ta'lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ushbu maqsadlarda xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda tez tibbiy yordamning respublika xizmatlari faoliyatiga ilg‘or texnologiyalarni va ish uslublarini joriy etish; 
 
shoshilinch tibbiy yordam tizimida aholi orasida o‘lim va nogironlikni pasaytirishga yo‘naltirilgan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarini, diagnostika vositalari va usullarini, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamni va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarni davolashni keng qo‘llash; 
 
shoshilinch tibbiyot sohasida profilaktika, diagnostika va davolash usullari va texnologiyalarini kuchaytirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, tavsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish; 
 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash asosida shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarining boshqa vazirliklar va idoralarning shoshilinch xizmatlari bilan o‘zaro tezkor hamkorligining samarali mexanizmlarini joriy etish;
 
shoshilinch tibbiy yordam sohasida tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. 

2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining: 
 
shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining tezkorlikning zamonaviy jahon talablariga, yuqori texnologikligi va samaradorligiga muvofiq kechiktirib bo‘lmaydigan va tez tibbiy yordam xizmatini o‘z ichiga oladigan yagona tashkiliy tuzilmasini tashkil etish; 
 
tez tibbiy yordamning ko‘chma brigadalari faoliyatini tezkorlik bilan muvofiqlashtirishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va "O‘ztransgaz" aksiyadorlik kompaniyasining shoshilinch xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta'minlaydigan ma'lumotlar uzatishning yagona bazasini va tarmog‘ini tashkil etgan holda shoshilinch tibbiy yordamni boshqarishning axborot tizimini joriy etish; 
 
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning hududiy filiallarining ma'lumotlarni uzatishning yagona tarmog‘iga birlashtirilgan hamda respublikaning barcha hududi bo‘yicha tez tibbiy yordam chaqiriqlarini qabul qilish va qayta ishlashni ta'minlaydigan muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlarini tashkil etish; 
 
2017-2020 yillarda 240 ta ob'yektni mukammal ta'mirlash va 369 ta ob'yektni joriy ta'mirlash yo‘li bilan tez tibbiy yordam xizmati binolari va xonalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash; 
 
tez tibbiy yordam ko‘chma brigadalarini tasdiqlangan normativlarga muvofiq dori vositalari, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan bosqichma-bosqich ta'minlash, shu jumladan, ushbu maqsadlar uchun 2017 yilda moliyalashtirish hajmini kamida 2 baravar ko‘paytirish; 
 
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining tez tibbiy yordam ko‘chma brigadalarini Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining hududiy filiallari orqali dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan markazlashtirilgan tartibda ta'minlash; 
 
2017 yilda 1200 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari sotib olish yo‘li bilan tez tibbiy yordam xizmati, shu jumladan, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining avtoparkini yangilash; 
 
2017 yil 1 apreldan boshlab tez tibbiy yordam xizmatining ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalariga texnik va servis xizmati ko‘rsatishni ularni tegishli hududiy ixtisoslashtirilgan avtobazaga berish yo‘li bilan hududiy darajada markazlashtirish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullansin. 
 
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) deb qayta nomlansin. 
 
4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: 


aholiga bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologik shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordamni tashkil etish va ko‘rsatish; 
 
tezkorlikning zamonaviy jahon talablariga, yuqori texnologik va samaradorlikka muvofiq bo‘lgan shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati tizimi faoliyatiga tashkiliy-metodik va amaliy rahbarlik qilish; 

shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini, uning birlamchi tibbiy yordam tizimi bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, aholining nogironligi va o‘limini pasaytirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; 

yangi, samarali texnologiyalarni yaratish, kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar diagnostikasi va davolashning ustuvor yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek, ularni sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish; 
 
shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining shifokorlarini va o‘rta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;
 
yetakchi xorijiy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatish, tajriba almashish, shoshilinch tibbiyot sohasida qo‘shma tadqiqotlar olib borish. 

5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Xonobod shaharchasidagi 5-uy manzilida joylashgan Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi negizida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga aylantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni belgilangan tartibda ta'minlasin. 

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 
 
ushbu Farmon bilan belgilangan vazifalardan kelib chiqib tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi to‘g‘risidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin; 
 
2017 yil 1 iyulgacha bo‘lgan muddatda Markazning va uning hududiy filiallarining muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin. 
 
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: 
 
Markazning va uning hududiy filiallarining muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari 2019 yil 1 yanvardan boshlab faoliyat ko‘rsatishini, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va "O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining shoshilinch xizmatlari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmlari joriy etilishini ta'minlasin; 
 
2017 yil 1 apreldan boshlab Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining tez tibbiy yordam stansiyasini uning tumanlardagi kichik stansiyalari bilan birgalikda yuridik shaxs maqomini saqlab qolgan holda tarkibiy bo‘linma sifatida Markazga bersin. 
 
8. Belgilab qo‘yilsinki: 
 
"Sog‘liqni saqlash” tarmog‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Tez tibbiy yordam stansiyasi va uning tumanlardagi kichik stansiyalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
 
Markazning Tez tibbiy yordam stansiyasiga avtotransport xizmati ko‘rsatish "Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi" davlat korxonasi tomonidan ta'minlanadi. 
 
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari ehtiyojlari uchun olib kelinadigan texnologik va telekommunikatsiya uskunasi, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va dasturiy ta'minlash 2020 yil 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin (bojxona yig‘imlari bundan mustasno). 
 
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 
 
11. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N.Yunusxodjayev zimmalariga yuklansin. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti    
   Sh.Mirziyoyev 

Toshkent shahri, 2017 yil 16 mart 
Категория: Har-Hil | Просмотров:2451 | Добавил: Admin | Теги: Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031