• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Iyun » 2 » Prezident qarori: O‘zbekistonda yangi agentlik va qo‘mita tashkil etiladi
15:26
Prezident qarori: O‘zbekistonda yangi agentlik va qo‘mita tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
 
Respublikada baholash faoliyatini tartibga soluvchi mustahkam huquqiy baza shakllantirilgan, baholash xizmatlari bozorini rivojlantirish, amalga oshiriladigan baholash ishlarining natijalari va xolisligi uchun javobgarlikni oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilingan.
 
Bugungi kunda baholash xizmatlari bozorida malaka sertifikatiga ega mingga yaqin baholovchilar mehnat qiluvchi ikki yuzdan ortiq baholovchi tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
 
Shu bilan birga, bir qator muammo va kamchiliklar professional baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishga hamda baholovchi tashkilotlarga bo‘lgan ishonchni oshirishga to‘sqinlik qilmoqda, jumladan:
 
birinchidan, baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish funksiyasini xususiylashtirish sohasidagi davlat boshqaruvi organi zimmasiga yuklash oqibatida baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish jarayonida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi;
 
ikkinchidan, baholovchi tashkilotlar kapitalining eng kam miqdoriga bo‘lgan yuqori talablarning mavjudligi professional mutaxassislarning baholash xizmatlari bozoriga kirishini cheklamoqda, buning oqibatida baholash ishlari sifati ularga, ayniqsa, biznesni baholash hamda bank va sug‘urta faoliyatida ortib borayotgan talablarga mos kelmasligi;
 
uchinchidan, baholovchilar malakasi va kasbiy mahoratining qoniqarsiz darajadaligi, shuningdek, turli ob'yektlar qiymatini baholashning alohida shartlarini hamda ularning yutuqlarini rag‘batlantirishni hisobga olmaydigan baholovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samarasizligi;
 
to‘rtinchidan, baholashga yagona yondashuvni va bozor kon'yunkturasini hisobga olishni ta'minlamaydigan, tez o‘zgarib borayotgan bozorning zamonaviy shartlariga javob bermaydigan, ularning xalqaro standartlar bilan yetarlicha uyg‘unlashmagan mulkni baholash milliy standartlarining mavjudligi;
 
beshinchidan, jamoat birlashmalarining baholash faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, baholash haqidagi hisobotlar sifatini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda faolligining yetarli emasligi.
 
Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish, baholovchilarning professionallik darajasi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, mazkur sohada bajariladigan ishlarning xolisligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida:
 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat raqobat qo‘mitasi deb yuritiladi), Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma'qullansin:
 
a) baholash faoliyatini litsenziyalash va baholash tashkilotlari ustav kapitali (ustav jamg‘armasi) ning eng kam miqdoriga bo‘lgan talabni bekor qilish;
 
b) baholovchi tashkilotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazida (keyingi o‘rinlarda – Markaz) akkreditatsiya qilish tartib-taomillarini joriy qilish;
 
v) Davlat raqobat qo‘mitasining:
 
baholovchining malaka sertifikatini berish funksiyasini – Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markaziga;
 
mulkni baholashning yangi standartlarini tasdiqlash, shuningdek, amaldagi mulkni baholash standartlariga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish funksiyasini – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga o‘tkazish.
 
2. Davlat raqobat qo‘mitasi bir hafta muddatda ilgari berilgan baholovchi tashkilotlarning litsenziyalari va baholovchilarning malaka sertifikatlari bo‘yicha materiallarni Markazga bersin.
 
3. 2018 yil 1 iyuldan boshlab Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazida baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda belgilangan namunadagi sertifikatlar berilgan holda, maxsus kurslar tashkil etilsin.
 
4. Belgilab qo‘yilsinki:
 
baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlari Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazi tomonidan baholovchilarning professional birlashmalari takliflarini inobatga olgan holda tasdiqlanadi;
 
baholovchi tashkilotlarning ilgari berilgan litsenziyalari amal qilish muddati 2019 yil 1 yanvardan tugatiladi;
 
Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazida har yili malaka oshirish kurslarini o‘tagan taqdirda baholovchilarning ilgari berilgan malaka sertifikatlari amal qilish muddati tugaguniga qadar ularni qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi.
 
5. Belgilansinki, baholovchi tashkilotning javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi amal qilishi davrida sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urtalovchining sug‘urta qoplamasi to‘lovini amalga oshirishi yuzasidan majburiyati bo‘yicha sug‘urta puli:
 
ko‘char mulkni baholash uchun, qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, intellektual mulk ob'yektlari va boshqa nomoddiy aktivlar bundan mustasno – eng kam ish haqining 2 000 baravaridan;
 
ko‘chmas mulkni baholash uchun, mulkiy kompleks sifatidagi korxona bundan mustasno – eng kam ish haqining 2 500 baravaridan;
 
biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholash uchun – eng kam ish haqining 3 000 baravaridan kam bo‘lmasligi kerak.
 
6. Baholovchilarga toifa berishning sertifikatlangan baholovchilar, ikkinchi, birinchi va oliy toifali baholovchilarni o‘z ichiga oluvchi tizimi amaliyotga joriy etilsin hamda baholovchilarga quyidagi asosiy talablar o‘rnatilsin:
 
ikkinchi toifaga – toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi bir yildan kam bo‘lmagan ish tajribasining, shuningdek, turli baholash ob'yektlarini baholash bo‘yicha kamida 15 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi;
 
birinchi toifaga – toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi uch yildan kam bo‘lmagan ish tajribasining, shuningdek, turli baholash ob'yektlarini baholash bo‘yicha kamida 25 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi;
 
oliy toifa – toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi besh yildan kam bo‘lmagan ish tajribasining, shuningdek, turli baholash ob'yektlarini baholash bo‘yicha kamida 35 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bir oy muddatda Baholovchilarga toifalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
 
7. Belgilab qo‘yilsinki:
 
baholovchi tashkilot ustav kapitali (ustav jamg‘armasi)ning kamida
51 foizi mazkur baholovchi tashkilotning bitta yoki bir nechta shtatdagi baholovchisiga tegishli bo‘lishi lozim;
 
2019 yil 1 yanvaridan boshlab baholovchi tashkilotning rahbari faqat birinchi yoki oliy toifadagi baholovchi bo‘lishi mumkin;
 
baholovchi, agar u boshqa baholovchi tashkilot shtatida turgan bo‘lsa, baholovchi tashkilot tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida baholash ishlarini olib borishga jalb qilina olmaydi;
 
buyurtmachi yoki boshqa shaxslarning, agar bu baholash natijasining ishonchliligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, baholovchining faoliyatiga aralashuviga, jumladan, baholash ob'yektini baholashda aniqlanishi yoki ta'riflanishi lozim bo‘lgan masalalar doirasini cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi;
 
baholovchi ob'yektiv baholashni olib borishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi oqibatida baholashni o‘tkazishda ishtirok eta olmasligi haqida buyurtmachiga yoki mehnat shartnomasini tuzgan baholash tashkilotiga ma'lumot berishi shart;
 
baholash ob'yektini baholashni o‘tkazganligi uchun baholovchiga to‘lanadigan haq miqdori baholash ob'yekti qiymatining yakuniy miqdoriga bog‘liq bo‘la olmaydi;
 
baholash haqida hisobotning haqqoniyligini ekspertiza qilish uchun faqat birinchi yoki oliy toifa baholovchilar jalb etilishi mumkin.
 
8. Affillangan shaxs bo‘lgan baholovchi tashkilot yoki baholovchi tomonidan baholash haqida hisobotlar haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish taqiqlansin, bunday shaxslar deb quyidagilar tan olinadi:
 
baholashni olib borgan baholovchi tashkilot mulkdori, muassisi (ishtirokchisi), kreditori, sug‘urtalovchisi, baholovchisi;
 
buyurtmachining mulkdori, muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori), kreditori, ishchisi;
 
baholash ob'yektiga nisbatan mulkiy manfaatga ega bo‘lgan yoki mazkur bandda ko‘rsatilgan shaxslar bilan yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxs;
 
buyurtmachi yoki baholashni olib borgan baholovchi tashkilot kuzatuv kengashining a'zosi, direktor yoki boshqaruv a'zosi vakolatlarini amalga oshiradigan shaxs;
 
ustav jamg‘armasi (ustav kapitali)da baholashni olib borgan baholovchi yoki baholovchi tashkilot ulushi bo‘lgan yuridik shaxs;
 
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shaxslar.
 
9. Belgilansinki, davlat mulkini, shuningdek, davlat tomonidan sotib olinadigan ob'yektlarni baholash uchun baholovchi tashkilotni tanlash davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
 
Davlat raqobat qo‘mitasi Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari buyurtmalari asosida baholash ob'yektini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlari qiymatini aniqlash va xizmatga haq to‘lash tartibini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin.
 
10. Baholovchi tashkilotlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi dastlabki to‘lovsiz xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat berilsin.
 
11. O‘zbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Baholovchilar jamiyatiga:
 
baholovchilar va baholovchi tashkilotlar faoliyatini uslubiy ta'minlash bo‘yicha maslahatlar berishni amalga oshiradigan jamoat ekspert kengashini tuzish, shuningdek, ularning murojaatlari asosida baholash haqida hisobotlarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha tavsiyalar berish;
 
elektron tarzda hamkorlik qilish, tahliliy sharhlardan umumiy foydalanish va axborot bilan almashinish yo‘li bilan barcha baholovchilar va baholash tashkilotlari (ayniqsa, mintaqalarda), davlat idoralari bilan samarali o‘zaro hamkorligini tashkil qilish;
 
ko‘rsatilayotgan baholash xizmatlarining sifatini asosiy mezon sifatida nazarda tutgan holda baholovchilar va baholovchi tashkilotlar faoliyatining reyting baholash tizimini joriy etish;
 
baholovchilar va bozorning boshqa ishtirokchilarini ishonchli ma'lumotlar bilan ishlashini ta'minlaydigan bozor axborotini yig‘ish
va tahlil qilish bo‘yicha yagona uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
 
doimiy asosda seminarlar, o‘quv kurslari, davra suhbatlari, uchrashuvlar, anjumanlar o‘tkazish, davlat idoralariga kiritish uchun baholash faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni keng muhokama qilish tavsiya etilsin.

 
12. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018 yil 1 avgustga qadar muddatda 2016-2018 yillarda davlat mulkini baholash bo‘yicha tuzilgan kontraktlarni hamda amalga oshirilgan baholash natijalarini tanqidiy o‘rgansin.
 
13. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi har yili ixtisoslashtirilgan oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirishda baholash xizmatlari bozorining malakali kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojini hisobga olsin.
 
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Baholovchi tashkilotlar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi baholovchilari jamiyati va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
 
amaldagi mulkni baholash milliy standartlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish, ularni zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish va xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish, yetishmaydigan mulkni baholash standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, eskirganlarining kuchini yo‘qotish choralarini ko‘rsin;
 
bir oy muddatda baholash faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga oid davlat talablarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
 
bir oy muddatda Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar to‘g‘risidagi yangilangan nizom tasdiqlash, shuningdek, qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
 
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning mazkur qarorga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishini ta'minlasin.
 
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M.Sodiqov zimmasiga yuklansin.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
 
Toshkent shahri, 2018 yil 1 iyun.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1052 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:10
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930