• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1371
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » May » 9 » Prezident “G‘alaba bog‘i”da o‘tgan tantanali marosimda ishtirok etdi
17:03
Prezident “G‘alaba bog‘i”da o‘tgan tantanali marosimda ishtirok etdi

G‘alaba bog‘idagi amfiteatrda bugun, 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Marosimda urush va mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar jam bo‘ldi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi bilan barcha faxriylarni, butun xalqimizni tabrikladi.

"Bugungi qutlug‘ ayyomda barchamiz, avvalo, o‘z jonini ona yurt uchun qurbon qilgan vatandoshlarimizning ruhi poklari oldida bosh egib ta’zim qilamiz. Sizlar kabi minglab urush va mehnat fronti qatnashchilarini – azmu shijoatli, dovyurak ota-bobolarimiz, sabr-matonatli onalarimiz, momolarimizning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz”, dedi davlat rahbari.

Bu yil karantin tufayli urush va mehnat faxriylarining aksariyati bayramni o‘z uylarida nishonladi. Ular televideniye orqali bugungi tantanali marosimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib bordi. 

"Siz azizlarning barchangizni g‘oyibona bag‘rimga bosib, bugungi erkin va ozod hayotni ta’minlash yo‘lida ko‘rsatgan mardligingiz, Vatanga sadoqatingiz uchun o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan rahmatlar aytib, eng ezgu va samimiy tilaklarimni izhor etaman.

Biz sizlarning timsolingizda o‘zining dono maslahatlari, boy hayotiy tajribasi bilan hammamizga ustoz va duogo‘y bo‘lib yurgan mo‘’tabar insonlarni ko‘ramiz. Sizlarning har biringiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Hayot yo‘llarida duch kelayotgan turli qiyinchilik va muammolarni, hozirgi kunda boshimizga tushgan sinovlarni yengib o‘tishda biz sizlarning mislsiz sabot va matonatingizdan, qat’iyatingizdan doimo kuch va ibrat olamiz. 

Yosh avlodimizni Vatanga, xalqqa sadoqatli, jasur insonlar etib tarbiyalashda biz sizlarni doimo o‘rnak deb bilamiz va kelgusida ham shunday bo‘lib qoladi”, dedi Prezident. 

Davlat rahbari bayram tadbiriga kelgan urush va mehnat faxriylarining har biri bilan salomlashib, hol-ahvol so‘radi. Ularga sihat-salomatlik, uzoq umr tiladi. Nuroniylar yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, elimizga farovonlik tilab duolar qildi.

Tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari, harbiy okruglardagi bayram ishtirokchilariga namoyish qilindi. 

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan videoaloqa tizimi orqali muloqot qildi. 

Prezident G‘alaba bog‘ining faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi.

Bog‘da Ikkinchi jahon urushi davridagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, jumladan, temir yo‘l vokzali, okoplar barpo etilgan, harbiy texnikalar, qurol-aslahalar  ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Davlat rahbari ushbu texnikalarni ham ko‘zdan kechirdi.

G‘alaba bog‘ida aholining tarix bilan hamnafas bo‘lib, o‘tganlar xotirasini yod etishi, ularga hurmat bajo keltirishi, mazmunli dam olish, ommaviy madaniy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, adabiy kechalar o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mazkur bog‘ Vatanga sadoqat, o‘z hayotini tinchlik va ozodlik uchun fido qilgan insonlarning o‘lmas jasorati va yorqin xotirasi oldidagi yuksak hurmat-ehtiromning amaliy namunasi bo‘lib qoladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:673 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:35
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031