• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 1 » Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi
08:09
Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi

"O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi "Huquqiy axborot” kanali xabar qilgan.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etildi.

Hujjatda agentlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berilgan.

Agentlik, jumladan, yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.

Shuningdek, agentlik yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlaydi.

Farmon bilan O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturda, jumladan, O‘zbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari hamda yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish belgilangan.

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar agentlik tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki nodavlat notijorat tashkilotlariga ijtimoiy buyurtma shaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalar taqsimlash orqali moliyalashtiriladi.

2019-yilning dekabr oyida Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish haqida xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 30-iyunda "Kamolot” YoIHning IV qurultoyida ishtirok etgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini tashkil etish taklifini bildirgan va shu kunni O‘zbekistonda Yoshlar kuni sifatida nishonlash tashabbusini ilgari surgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:444 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031