• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Dekabr » 30 » Pora bilan qo‘lga tushgan “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” sobiq bosh direktori 8 yilga qamaldi
22:06
Pora bilan qo‘lga tushgan “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” sobiq bosh direktori 8 yilga qamaldi

"Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” sobiq bosh direktori Murodboy Bazarimbetov pora olishda gumon qilinib, hibsga olingani haqida 2021-yil 8-yanvar kuni ma’lum qilingandi.

Qayd etilishicha, Bazarimbetov o‘rtaga ishonchli odamini qo‘yib, yonilg‘i quyish shoxobchasini elektr tarmog‘iga ulab berish uchun tadbirkordan 20 ming AQSh dollari so‘raganlikda gumonlangan. Keyinchalik bu qiymat 15 mingga tushirilgan.

Shundan so‘ng tadbirkor deputatga shikoyat qilgan. U esa o‘z navbatida huquq-tartibot idoralarini xabardor qilgan.

Ular maxsus tadbirda o‘rtadagi shaxsni hamkorlik qilishga ko‘ndirgan. 24-dekabr kuni o‘rtadagi ishonchli shaxs pulni Bazarimbetovning kabinetiga kiritib berganidan so‘ng, huquq-tartibot idoralari xodimlari rahbarni qo‘lga olgan.

Tezkor tadbirda o‘rtadagi shaxs va rahbarning muloqoti yozib olingan. Audioyozuvlarda rahbarning o‘rtadagi shaxsga qarata aytgan "Pulning hammasini berdimi? Hammasini oldingmi? Mana bu tumbochkaga qo‘y”, degan so‘zlari bor.

Dekabr oxirida Xorazm viloyat sudining JIB sudlov hay’atida "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ sobiq bosh direktori Murodboy Bazarimbetov va jamiyat bo‘limining sobiq boshlig‘i K.B.ga nisbatan Xiva shahar sudining 9-iyuldagi hukmi yuzasidan berilgan apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqildi.

Xorazm viloyat sudining JIB sudlov hay’ati birinchi instansiya sudi hukmini o‘zgarishsiz qoldirish, apellyatsiya shikoyatlarini qanoatlantirmaslik to‘g‘risida ajrim chiqardi.

Hukmga ko‘ra, Murodboy Bazarimbetovga Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi "a” bandi (juda ko‘p miqdorda pora olish) bilan 45-modda (muayyan huquqdan mahrum qilish) qo‘llanib, 3 yil davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlarda moddiy javobgar shaxs hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish, 57-modda (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llanib, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Unga jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Uning sherigi K.B.ga esa Jinoyat kodeksining 28 va 210-moddasi 3-qismi "a” bandi bilan 45-modda qo‘llanib, 2 yil davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlarda moddiy javobgar shaxs hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish, 57-modda qo‘llanib, 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Unga ham jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchilar oldindan jinoiy til biriktirib, guruh bo‘lib, Tuproqqal’a tumani, "Sorimoy” posyolkasida yangidan tashkil qilinayotgan "B.A.M.” MChJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasi uchun o‘rnatiladigan transformator punktini 6-10 kilovattlik elektr liniyasiga yaqin tayanchdan ulab berish bo‘yicha murojaat qilganidan foydalangan.

K.B. tadbirkorning ushbu murojaati natijasi to‘g‘risida so‘ragan Z.A.ga ishini ijobiy hal qilib berishini aytib, buning evaziga tadbirkordan 15 ming AQSh dollari olib berishini aytgan.

K.B. Xonqa tumani hududida Z.A.dan Nexia-3 rusumli avtomashinasi salonida 15 ming dollarni Murodboy Bazarimbetovga pora tariqasida olib borib berish uchun olganida ushlangan va pora olish jinoyatini sodir qilishda ishtirokchilik qilgan.

Davom ettirilgan tadbir natijasida Murodboy Bazarimbetov o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda K.B.dan 15 ming dollarni olganida qo‘lga tushgan.

Taraflar apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan Oliy sud JIB sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida shikoyat, protest bildirishi mumkin.

Avvalroq Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akrom Rahmonqulov 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:294 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:14
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031