• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 20 » Pokiston masjidlari namozxonlar uchun ochildi
13:52
Pokiston masjidlari namozxonlar uchun ochildi

Pokiston Islom Respublikasi masjidlariga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlandi. Qaror joriy yilning 18 aprel kuni mamlakat Prezidenti Arif Alvi va diniy rahbarlar uchrashuvida qabul qilindi.

"Masjidlar faoliyatiga tegishli choralarni ko‘rish sharti bilan ruxsat beriladi", deyiladi yig‘ilishdan keyin berilgan bayonotda.​

Ta’kidlanishicha, ushbu masjidlarga qator qoidalarga amal qilishi belgilab qo‘yildi. Masalan, namozxonlar yelkama-yelka emas, baki 2 metr masofa saqlagan holda ibodat qilishlari kerak. Shuningdek, masjidlarga tashrif buyuruvchilar tibbiy niqob kiygan holda masjidga kirishi hamda ushbu maskanlar muntazam ravishda dezinfeksiya qilinishi belgilab qo‘yildi.

Ushbu qaror musulmonlar uchun muqaddas sanalgan Ramazon oyi kirib kelishidan bir hafta oldin qabul qilindi. Chunki ushbu oyda masjidga tashrif buyuruvchilar keskin ortadi. Ammo, hukumatning bu qaroridan sog‘liqni saqlash vazirligi xavotirda ekanligini ma’lum qilgan.

Ma’lum qilinishicha, hukumat ushbu qarorni aholi va ba’zi ruhoniylarning bosimi ostida qabul qilgan. Ta’kidlanishicha, aprel oyining boshida 
Karachi shahrida masjidga kelganlar bilan politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lgan. Shuningdek, hafta boshida taniqli ruhoniylar cheklovlarni buzish bilan tahdid qilib, masjidlar musulmonlar uchun juda muhim va xavfsizlik choralariga rioya qilingan holda ushbu maskanlar ochilishiga ruxsat berilishi kerakligini aytishgan.

Hukumat cheklovlarni bekor qilgan bo‘lsa-da, bayonotda ta’kidlangan ko‘rsatmalar buzilgan taqdirda ushbu masalani qayta ko‘rib chiqish huquqi saqlanib qolishi haqida ogohlantirdi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 14 aprel kuni mamlakat Bosh vaziri Imron Xon mamlakat bo‘ylab karantin muddatini uzaytirish to‘g‘risida qarorini e’lon qildi. Ammo, iqtisodiy zarbalarga qarshi kurashish uchun muhim sohalardagi cheklovlarni yengillashtirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistonda koronavirus bilan bog‘liq 8 418 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 1 970 nafari sog‘aygan, 176 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 6 272 kishini tashkil qilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:605 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:13
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь