
Pokiston bosh vaziri Navaz Sharif Peshovar shahridagi harbiy bilim yurtida terrorchilar tomonidan garovga olingan 130 kishining o‘limi munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qildi. Bu haqda DAWN’ga tayanib, "RIA Novosti” xabar bermoqda. Hodisa sodir bo‘lgach, bosh vazir Peshovarga yetib keldi va u yerda nutq so‘zladi. "Mamlakat terrorizmdan tozalanmaguniga qadar bizning harakatlarimiz to‘xtamaydi, bunga hech kim shubha qilmasligi kerak. Biz bo‘lgan voqea yuzasidan Afg‘oniston bilan gaplashdik va terrorizmga qarshi birgalikda kurashishga kelishib oldik”, — dedi u. Eslatib o‘tamiz, ichida 500 ga yaqin kishi bo‘lgan bilim yurti binosini egallab olgan "Tahriqi tolibon Pokiston” guruhi jangarilari beliga portlovchi moddalar bog‘lagan bo‘lib, ulardan biri o‘zini portlatib yuborgan edi.