• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 16 » PepsiCo bottleri SSVga 2,5 mlrd so‘mlik xayriya qildi
19:29
PepsiCo bottleri SSVga 2,5 mlrd so‘mlik xayriya qildi

"International Beverages Tashkent” MCHJ qo‘shma korxonasi xayriya loyihasi doirasida Belgiyada ishlab chiqarilgan jami 1,6 milliard so‘mlik "Caelus Lite” ekspert toifasidagi narkoz-nafas olish apparatlarini Sog‘liqni saqlash vazirligiga bepul taqdim etdi. 

Narkoz-nafas olish apparatlari COVID-19 koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan bemorlarni davolash uchun taqdim etilgan.

Bundan tashqari, kompaniya 300 million so‘m mablag‘ni "O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazdi hamda kam ta’minlangan oilalarga yordam berish fondlariga va boshqa xayriya loyihalariga 600 million so‘m mablag‘ yubordi. Shunday qilib, xayriyaning umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mni tashkil etdi.

"Biz dunyodagi vaziyatni sinchkovlik bilan tahlil qildik va mamlakatda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan pandemiyaning oqibatlarini oldindan taxmin qilishga harakat qildik. Birinchi navbatda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari bilan bog‘landik va ular bilan maslahatlashgan holda ushbu apparatlarni sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qildik. 

Umid qilamizki, narkoz-nafas olish apparatlari koronavirusga chalingan ahvoli og‘ir bemorlar tezroq sog‘ayishida ko‘maklashadi va shifokorlarimiz ishida samarali xizmat qiladi!”, deydi "International Beverages Tashkent” direktori Muzaffar Salijanov.

Ma’lumot uchun, shirin salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi "International Beverages Tashkent” MCHJ QK PepsiCo kompaniyasining O‘zbekistondagi yagona bottleri hisoblanadi.

"Medec Caelus” narkoz-nafas olish apparatlari "MEDEC” kompaniyasining anesteziologiya ish stansiyalari sohasidagi 40 yillik tajribasi natijasidir. Ushbu qurilmaning asosiy vazifasi — anesteziologiya bo‘lib, ayni paytda to‘la to‘kis o‘pkaning sun’iy shamollatish vazifasini ham bajaradi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:579 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь