• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 5 » Pekindan qaytgan O‘zbekiston fuqarolarida koronavirus aniqlanmadi
13:45
Pekindan qaytgan O‘zbekiston fuqarolarida koronavirus aniqlanmadi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi Xitoydan charter reyslar orqali olib kelingan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

4, 5-fevral kunlari O‘zbekistonga Xitoyning Pekin shahridan 2 ta hamda Uxan provinsiyasidan 1 ta charter reyslar amalga oshirildi.

Dastlabki reys Pekin shahridan amalga oshirildi hamda 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga olib kelindi. Birlamchi tekshiruvlarda ularning hech birida koronavirus alomatlari aniqlanmadi.

Xitoydan olib kelingan fuqarolar koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, xavfsiz sanitariya-epidemiologik holatni ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasasiga joylashtirildi.

Maxsus tayyorlangan muassasalarda barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Jumladan, o‘rin-joy, oziq-ovqat, zarur dori-darmon, diagnostika, dezinfeksiya va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan.

Fuqarolarning barchasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, 14 kun davomida (kasallikning yashirin davri davomida) laboratoriya va tibbiy tekshiruvlardan o‘tkaziladi. Mazkur tadbirlarga Sog‘liqni saqlash vazirligidan sohaning yetkachi mutaxassislari jalb etilgan, ular tegishli tartibda kasbiy tayyorgarlikdan o‘tkazilgan.

Fuqarolar yaqinlari bilan telefon orqali audio-video muloqot olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Agentlikning markazi shtabi mutaxassislari tomonidan 71-276-49-66, 71-276-46-65 ishonch telefonlari orqali murojaat qilganlarga tushuntirishlar, aniq ma’lumotlar va zarur tavsiyalar berib borilmoqda. Shu kungacha jami 1 642 ta murojaatlarga javob berilgan.


Uzbekistan Airways kompaniyasi O‘zbekiston Prezidentining buyrug‘iga ko‘ra tashkil etilgan hukumat komissiyasining qaroriga asosan, joriy yilning 4, 5-fevral kunlari Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun uchta charter reysini amalga oshirilishini tasdiqlagan edi. 2-fevral kuni esa Xitoydan 157 nafar o‘zbekistonlik talaba qaytib keldi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:442 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829