• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 25 » Parlament uyg‘on! Koronavirus “fonida” advokatlar daxlsizligi buzilyaptimi?
13:15
Parlament uyg‘on! Koronavirus “fonida” advokatlar daxlsizligi buzilyaptimi?

Joriy yilning 3 mart kuni Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Senat a’zolari "Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdi.

Unda prokurorning roziligi bilan advokatning telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oshiriladigan so‘zlashuvlari, uzatiladigan xabarlari va ma’lumotlarini nazorat qilish belgilangandi. Qonun senatorlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Bungacha hujjatni Qonunchilik palatasi deputatlari ham ma’qullashgan. Ammo bu loyiha jamoatchilikning jiddiy e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Kelinglar voqeani tahlil qilishni bir boshdan boshlaymiz.
O‘zi bu tartib avvaldan bor edi, lekin...

"Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida shunday tartib belgilangan. Uning birinchi qismida advokatning shaxsi daxlsiz. Advokatning daxlsizligi uning uy-joyiga, xizmat xonasiga, foydalanishidagi transporti va aloqa vositalariga, uning xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga ham taalluqlidir, deyilgan.

Advokatga nisbatan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.

Ushbu moddaning uchinchi qismida esa advokatning uy-joyi yoki xizmat xonasiga, shaxsiy yoki foydalanishidagi transportiga kirish, ularni ko‘zdan kechirish, tintuv o‘tkazish yoki olib qo‘yish, uning telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, advokatni ko‘zdan kechirish va shaxsiy tintuvdan o‘tkazish, xuddi shuningdek uning pochta-telegraf jo‘natmalarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish yoki olib qo‘yish, advokatni majburiy keltirish, ushlab turish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning sanksiyasi bilan amalga oshirilishi mumkin, deb ko‘rsatilgan.

Ya’ni bu tartib avvaldan (1998 yildan beri) borligi, hujjatga bor-yo‘g‘i tahririy o‘zgartirish kiritilayotganini aytdi. 

Advokatlar palatasi raisi "dod” demoqda

Oliy Majlis Senati qonunni ma’qullaganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi Alim Ernazarov advokatlar nomidan e’tirozlarni bildirib chiqdi. 

Unda Senat ma’qullagan hujjatdan norozi ekani, qonun hujjatlarida, advokatlarga tegishli qonun hujjatlari loyihasi, Advokatlar palatasi Raisi tomonidan imzolanishi (rozilik olinishi) belgilangani, biroq mas’ullar bu tartibga rioya qilmagani, yuqoridagi qonun loyihasiga imzo chekmaganini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kenaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 7-bandida advokatlik faoliyati va sud ishini yuritish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Advokatlar palatasi bilan kelishilishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan. Ammo hujjatni ishlab chiqqanlar advokatlarga daxldor hujjatni ular bilan kelishmadi.

O‘zi hujjatni kim ishlab chiqdi?

Mazkur qonun loyihasi qaysi mas’ul tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan edi? Nega loyiha jamoatchilik muhkamasiga qo‘yilmadi? Adliya vazirligi loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazganmi? O‘tkazgan bo‘lsa, nega Advokatlar palatasi roziligi yo‘qligini hisobga olishmadi? 

Biz bu savollar bilan Adliya vazirligi matbuot xizmatiga bog‘landik. Ular mazkur qonun loyihasi Bosh prokuraturaga tegishli ekani, ekspertizadan o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan Adliya xodimlari topshiriq bilan chiqib ketganini aytdi. Bosh prokuratura matbuot xizmatiga qolgan savollar bilan yuzlanganimizda "bu bo‘yicha rasmiy bayonot beriladi” mazmunidagi javob bilan kifoyalanishdi. Biz esa hali ham kutyapmiz.
Savollar ko‘paymoqda, biz esa kutyapmiz

Nahotki, Advokatlar palatasi roziligi olinmaganini Adliya vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy Majlis Senati a’zolari bilmagan bo‘lsa? Bilgan bo‘lsa, nega Senatga kelib ma’qullangunicha indashmadi? Bu bilan bizning davlatda 

advokatlarga past nazar bilan qaraladi degan xulosa paydo bo‘lib qolmaydimi? Qachon bizda Parlament "uyg‘onadi”? Va bunday tartibga amal qilinmagan loyihalarni egalariga qaytarib yuboradi?

Har bir hujjat loyihasi jamoatchilik muhkamasiga qo‘yilishi lozimligi aytilmoqda. Adliya vazirligi Matbuot xizmati mazkur loyihani Bosh prokuratura ishlab chiqqanini urg‘uladi. Bosh prokuratura mas’ullari loyihani jamoatchilik muhokamasiga qo‘ymadimi? Loyihada yana nimalar belgilangandi? Qo‘ymagan bo‘lsa, bundan maqsad nima edi? Koronavirus "fonida” imi-jimida ish bitirish emasmi?

Bundan tashqari, bizga ma’lum bo‘lgan allaqachon Parlament ko‘r-ko‘rona ma’qullagan qonun loyihasiga ham bir qancha savollarimiz bor. 

Endilikda prokurorning ruxsati bilan advokatlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ham kuzatilishi mumkinmi? Nega bu qonunda aniq ko‘rsatilmagan? Bu ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri daxlsizligini buzish bo‘lib qolmaydimi? 
O‘ylaymizki, yuqorida nomi tilga olingan tashkilotlar rahbarlari bunga o‘z izohlarini beradi va jamoatchilikda mavjud savollarga o‘rin qoldirmaydi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:543 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031