• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 43
Гостей: 43
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 21 » Ozodbek Nazarbekov vazirlik tizimidagi tashkilotlarni vahimaga berilmay ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi
09:40
Ozodbek Nazarbekov vazirlik tizimidagi tashkilotlarni vahimaga berilmay ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi

Madaniyat vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari hamda madaniyat markazlarida koronavirus karantini bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning bayonotida ma’lum qilingan.
Oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar talabalari va o‘quvchilari ta’tilga chiqishi munosabati bilan ta’lim muassasalari kafedralarida professor-o‘qituvchilarning 50 foizgacha va boshqa xodimlarning funksional vazifalari hamda toifalaridan kelib chiqqan holda bir qismiga Mehnat kodeksida belgilangan navbatdagi mehnat ta’tili hisobidan talabalar ta’tili davrida mehnat ta’tili berish tavsiya etiladi.

Mehnat ta’tili beriladigan ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va xodimlari toifasiga, birinchi navbatda, voyaga yetmagan farzandlari bo‘lganlar hamda katta yoshdagilar kiritilishi maqsadga muvofiq.

Shu bilan birga, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarga ijodiy ta’til berish masalalari ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq.

Mehnat ta’tiliga chiqmaydigan professor-o‘qituvchilarni:

ta’lim muassasasi (fakultet, kafedra)ning o‘quv metodik hujjatlarini takomillashtirish;
ta’lim muassasasining o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli hujjatlarini tayyorlash;
o‘quv jarayonining masofaviy shaklini joriy etish maqsadida fanlar bo‘yicha elektron o‘quv resurslarini ishlab chiqish;
ilmiy-tadqiqot ishlari (ilmiy maqolalar, darslik va o‘quv qo‘llanma yozish)ga jalb etish maqsadga muvofiq.
Rejali ilmiy-tadqiqot va metodik ishlarning masofaviy (turar joydan) bajarilishiga va nazorat etilishiga sharoit yaratish lozim. Ta’lim muassasalarida majlislar sonini keskin cheklash hamda ishtirokchilar sonini 10-15 nafardan oshirmaslik talab etiladi.

Hujjatlar harakatining maksimal ravishda elektron shaklga o‘tkazilishi ta’minlansin. Muassasalararo ta’lim va ichki ommaviy tadbirlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmasin.

Boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar, majlislarga professor-o‘qituvchilar va xodimlarni vakolatli tashkilot rahbarining rasmiy qarori (buyrug‘i) bo‘lmagan holda jalb etish taqiqlanadi.

Yuqorida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha ta’lim muassasalarining rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Shuningdek, vazirlik tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablarining o‘qituvchilari hamda konsertmeysterlariga 2020-yilning 18-martidan mehnat kodeksida belgilangan navbatdagi mehnat ta’tili hisobidan o‘quvchilarning ta’til vaqtida mehnat ta’tili berish, bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim olish uchun to‘lanadigan to‘lovlarni o‘rnatilgan tartibda qayta hisoblab chiqish tavsiya etiladi.

Barcha ta’lim muassasalari rahbarlaridan o‘quv dargohlarida tozalik va dezinfeksiya tadbirlarini kuchaytirish, ta’lim maskanlaridagi tibbiyot xonalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar, zararsizlantiruvchi vositalar hamda dori-darmonlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish talab etiladi.

Shuningdek, Madaniyat vazirligi tasarrufidagi barcha madaniyat muassasalaridagi ijodiy to‘garaklar ham vaqtincha o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Hammadan ortiqcha vahimaga berilmay, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.

Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri

Avval sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov spirtning COVID-19 dan saqlanishda yordam bermasligi, Jamshid Qo‘chqorov parlamentda koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan inqirozga qarshi choralar dasturi bo‘yicha axborot bergani, O‘zbekiston sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli koronavirus tufayli vaqtincha to‘xtatilishi, Toshkent shahar bosh imom-xatibining qarindoshga yaxshilik qilish ularning oldiga bormaslik bo‘lishi haqida gapirgani, shuningdek, O‘zbekistonda 21-martdan choyxona va oshxonalar yopilishi, 23-martdan to‘ylarning o‘tkazilishi bekor qilinishi xususida xabarlar berilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:544 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:33
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031