• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » May » 25 » Ozodbek Nazarbekov “Mendirman Jaloliddin”ga bildirilgan tanqidlar va filmning navbatdagi mavsumi qachon suratga olinishiga izoh berdi
21:10
Ozodbek Nazarbekov “Mendirman Jaloliddin”ga bildirilgan tanqidlar va filmning navbatdagi mavsumi qachon suratga olinishiga izoh berdi

Jahon kinematografiyasidagi har qanday tarixiy filmda xatoliklar uchrashi tabiiy holat. Haqiqatni o‘rganish uchun kinoga murojaat qilinmaydi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 24-may, dushanba kuni "Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivali doirasida OAV vakillariga bergan intervyusida so‘z yuritdi.

Nazarbekov jamoatchilikning "Mendirman Jaloliddin” filmiga e’tirozi va tanqidiy fikrlariga munosabat bildirdi.

"Bu kinoning tanqid qilinishi kutilgan edi, bu tabiiy hol. Biz bir tomonlama mulohaza qilishimiz qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi? Umuman, har bir muammoni yuzaga kelish sabablarini oldin o‘rganish kerak. Ushbu kino ziyolilar, ayniqsa, tarixchilar tomonidan ko‘p tanqidga uchrayapti. O‘zbekistondagi tarixchilar kino bilan hamkorlik nuqtayi nazaridan necha yillik tajribaga ega?! Hamkorlik mutlaqo yo‘q! Hamkorlik bo‘lmaganidan keyin, tabiiyki, keskin qarama-qarshiliklar bo‘ladi va oxiri o‘rtacha bir yechimga kelinadi. Badiiy film badiiylikni, tarix esa faktlarni talab qilaveradi. Bizda hali tarixchilar va kinochilar o‘rtasida hech qanday hamkorlik yo‘q.

"Mendirman Jaloliddin” o‘z nomi bilan badiiy film. Bu uning har qanday to‘qima voqeadan farqi yo‘q, degani. Kinoni hadeb tarixiy faktlar tomon tortaverish kerak emas, bu badiiy film deyapmiz. Kinoda Jaloliddin obrazi bor, boshqa eng muhim obrazlar mavjud. Maqsadimiz — bizning Jaloliddin degan milliy qahramonimiz bo‘lganligi, uni qahramon o‘laroq ko‘rsata olsak bo‘ldi. Uning haqiqatini, kerak bo‘lsa, tarixiy manbalardan bilib olavering. Muhimi, biz sizning e’tiboringizni filmga torta oldikmi, bo‘ldi. Agar torta olgan bo‘lsak, u yog‘ini borib faktlardan o‘rganinglar.

Agar muxlis kinodan tarixiy faktlar o‘rganaman, desa xato qilgan bo‘ladi. Chunki dunyodagi jamiki har qanday tarixiy film sizni xatoga olib boradi, barchasida xatoliklar topiladi. Haqiqatni o‘rganish uchun kinoga murojaat qilinmaydi. Manbalar, tarixiy faktlarga murojaat qilinadi”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.

Madaniyat vaziri filmning davomi qachon suratga olinishi haqidagi savolga javob berarkan "Hozir biroz tanaffusdamiz. Keyingi mavsumlarni suratga olishga harakat boshlangan. Menimcha, bir oylardan so‘ng, tasvirga olish boshlansa kerak”, dedi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:432 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31