• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Yanvar » 25 » Ozodbek Nazarbekov boshqa lavozimga tayinlandi
20:47
Ozodbek Nazarbekov boshqa lavozimga tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 avgust kuni O`zbekiston ijodkor ziyolilari bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda, "O`zbekkonsert” Davlat muassasasi huzurida "O`zbekiston Xalq artistlari klubi”ni tashkil etish bo`yicha bildirgan fikrlari ijrosini ta`minlash maqsadida, «O`zbekkonsert» Davlat muassasasi huzurida "O`zbekiston xalq artistlari klubi” tashkil qilindi va Klub Nizomi ishlab chiqilgandi.

17 avgust kuni bo`lib o`tgan tashkiliy yig`ilishda mazkur Klubga O`zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov rais etib tayinlangan edi.

24 yanvar kuni bo`lib o`tgan Klubning navbatdagi yig`ilishida bir qator O`zbekiston xalq artistlari, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar ishtirok etishdi.

Yig`ilish davomida klub faoliyatini yanada yaxshilash hususida so`z borib, endilikda, unga O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov raisi etib saylandi.

Klubning asosiy maqsadi — mamlakatimizda milliy estrada san`atini rivojlantirish, avvalo ijodkorlarni o`z faoliyati bilan yoshlarga o`rnak bo`lish, bilim va tajribalarini yoshlarga o`rgatishdir. Shuningdek, ustoz san`atkorlar milliy estrada san`atini har qanday begona ta`sirlardan, ayniqsa, yosh iste`dod sohiblarini "ommaviy madaniyat” ruhidagi oqimlardan himoya qilish, mazmunsiz, saviyasi past qo`shiqlarning paydo bo`lishini oldini olish, xorijiy san`atkorlarning ijrosi va hatti-harakatlariga taqlid qilish kabi salbiy holatlarni bataraf etishga birinchi vazifa deb qarashmoqda.

Eslatib o`tamiz, 2017 yilning 17 avgustidan to bugunga qadar, mazkur klub olti marotaba yig`ilish o`tkazdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1682 | Добавил: Admin | Теги: Ozodbek Nazarbekov boshqa lavozimga | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031