• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 8 » Ozodbek Nazarbekov ayollar qamoqxonasida katta konsert tashkillashtirdi
11:54
Ozodbek Nazarbekov ayollar qamoqxonasida katta konsert tashkillashtirdi

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 21-sonli umumiy tartibdagi ayollar koloniyasida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan bayram dasturi tashkil etildi. 

Bayram dasturida Madaniyat vazirligi xodimlari, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, boshlovchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Dastlab madaniyat vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mavluda Asqarxo‘jayeva 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barcha ayollarni tabrikladi.

Sizga balkim hozirgi davringiz hayotingiz haqida mushohada qilib olish uchun berilgan fursatdir. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, ertangi kunning ezgu amallari haqida o‘ylash uchun imkoniyatdir.

Oila biz ayollar uchun halovat maskani. Tezroq afv etilishingizni va qadrdon uyingizga qaytishingizning tilakdoshiman. Chunki sizning o‘rningiz oilangiz bag‘ridadir. Siz oila bekaligiga yarashasiz.

Mavluda Asqarxo‘jayeva, madaniyat vazirining Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muhtorova, Muyassar Berdiqulova hamda aktyor Sobirjon Otajonov tomonidan sahnalashtirilgan "Qirmizi olma” spektakli tomoshabinlarning davomli qarsaklariga loyiq ko‘rildi.
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham so‘zga chiqdi va barcha ayollarni bayram bilan muborakbod etdi.

Prezidentimiz meni sizlarni tabriklash uchun yubordilar. Albatta har bir ayol u avvalo Ona. Siz hamisha e’zozga loyiqsiz. Ha, to‘g‘ri, hayot quvonch va shodliklardan iborat emas. Unda ba’zida qiyinchiliklar, g‘am-tashvishlarga duch kelamiz.

Goh yengamiz, goho yengilamiz. Ammo qorong‘ulik ortidan hamisha yorug‘lik keladi. Bahor yana qaytadi. Sizlarni chin qalbdan bayramingiz bilan qutlayman.

Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston madaniyat vaziri

Xonanda Feruza Jumaniyozovaning raqsbop qo‘shiqlari bilan dastur yakunlandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:496 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:05
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031