• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 23
Гостей: 23
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Sentyabr » 27 » Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida jangovar to‘qnashuvlar boshlandi. Ikki tomondan talafotlar bor
11:05
Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida jangovar to‘qnashuvlar boshlandi. Ikki tomondan talafotlar bor

27 sentyabrda Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida jangovar harakatlar boshlanib ketdi. Ikki tomon bunda bir-birini ayblamoqda.

Ozarboyjon mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari "frontning butun chizig‘i bo‘ylab” Ozarboyjon armiyasi pozitsiyalarini o‘qqa tutganini, tinch aholi orasida yo‘qotishlar va yaralanganlar borligini ma'lum qildi. Bu orada Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning ta'kidlashicha, hujumni Ozarboyjon harbiylari boshlagan.

Armaniston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyanning ta'kidlashicha, jangovar harakatlar davomida Ozarboyjonning ikkita vertolyoti va uchta droni urib tushirilgan. Uning aytishicha, Ozarboyjon armiyasi Arsax (Tog‘li Qorabog‘ning armanchada atalishi) tomon raketa zarbalarini bergan. 

"Dushman Arsax tomon raketa-aviatsiya zarbasini berdi. Buning uchun barcha javobgarlik Ozarboyjon harbiy-siyosiy rahbariyati zimmasidadir. Armaniston dushmanning ikkita vertolyoti va uchta dronini urib tushirdi. Janglar davom etmoqda”, deb yozgan Stepanyan Facebook’da. Keyinroq Ozarboyjon faqatgina bitta vertolyoti urib tushirilganini, ekipaj a'zolari tirikligini tasdiqlagan.

Armaniston bosh vazirining ma'lum qilishicha, "dushman” Tog‘li Qorabog‘ga hujum qilgan, armiya muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatmoqda.  

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi prezidenti matbuot kotibi Vagram Pogosyan ham Stepanakert Ozarboyjon tomonidan o‘qqa tutilganini ma'lum qilgan.”Bugun ertalab dushman tutashuv chizig‘i bo‘ylab faol hujumga o‘tdi. Tinch aholi punktlari, jumladan poytaxt Stepanakert ham o‘qqa tutilmoqda. Biz aholini berkinishga chaqiramiz”, deb aytilgan Pogosyan xabarida.

O‘z navbatida Ozarboyjon mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, Armaniston qurolli kuchlari frontning butun chizig‘i bo‘ylab Ozarboyjon armiyasi pozitsiyalari hamda chegaraoldi aholi punktlarini yirik kalibrli qurol, minomyot va artilleriya qurilmalaridan o‘qqa tutgan. Tinch aholi orasida halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor. 

Ozarboyjon mudofaa vazirligida ma'lum qilinishicha, qo‘shinlar "dushmanning ig‘vogar harakatlariga chek qo‘yish va tinch aholi xavfsizligini ta'minlash uchun” javob choralari ko‘rmoqda. Jumladan, Armaniston havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlarining 12 ta zenit-raketa majmuasini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lingan.

Armiya butun front bo‘ylab qarshi hujum operatsiyasini boshlashga qaror qildi. Shaxsiy tarkib va tank bo‘linmalari raketa-artilleriya qo‘shinlari, front aviatsiyasi va dronlar ko‘magida dushman mudofaasining old chizig‘ida va ichkarisida Armaniston qurolli kuchlarining katta miqdordagi tirik kuchi, harbiy obektlari va jangovar texnikasini aniqlab, ularni yo‘q qilmoqda”, deb ma'lum qilingan Ozarboyjon mudofaa vazirligida.
Категория: Har-Hil | Просмотров:479 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930