• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 24 » Ozarbayjonda 2 kishi koronavirus gumoni bilan kasalxonaga yotqizildi
19:53
Ozarbayjonda 2 kishi koronavirus gumoni bilan kasalxonaga yotqizildi

Ozarbayjon poytaxti Boku shaharida ikki kishi koronavirus gumoni bilan kasalxonaga yotqizildi. Ularning biri Eron fuqarosi hisoblanadi. Bu haqda Ozarbayjon Sog‘liqni saqlash vazirligi va Majburiy tibbiy sug‘urta davlat agentligi ma’lum qildi, deb yozmoqda "RIA Novosti”.

Ma’lum qilinishicha, 24-fevral, dushanba kuni, shahar klinik tibbiy markazining yuqumli kasalliklar bo‘limiga ikki kishi yotqizilgan. Ularning biri Ozarbayjon, ikkinchi esa Eron fuqarosi hisoblanadi.

Qayd etilishicha, kasalxonaga yotqizilganlarning ikkalasi ham Eronning koronavirus tarqalmagan hududidan Ozarbayjonga kelgan. Ular mamlakatga kirish vaqtida hech kim bilan muloqot qilmagan, ularning tana harorati me’yordan biroz yuqori bo‘lgani qayd etilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kasalxonaga yotqizilgan ikkala bemorning ham tana harorati me’yorida, ularning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo yo‘q, tibbiy kuzatuv davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Eronda COVID-19 infeksiyasi tarqalishi oqibatida so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 43 kishi kasallangan. Yana sakkiz kishi ushbu kasallik sabab vafot etgan. Shunday qilib, Eron koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha jahonda Xitoydan so‘ng ikkinchi mamlakatga aylandi.

Armaniston va Turkiya hukumati Eron bilan chegaralarni yopishni va aviaqatnovlarni to‘xtatishni ma’lum qilgan. Afg‘oniston va Gruziya Eron bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgan, Pokiston esa xuddi Armaniston va Turkiya kabi Eron bilan chegarani vaqtincha yopgan.

Shuningdek, Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi. Hirotda favqulodda holat e’lon qilindi. O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasi koronavirus sabab yopilishi mumkinligi haqida xabar berildi.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni bir sutkada 150 kishiga ko‘payib, qurbonlarning umumiy soni 2592 kishiga yetdi.  Kasallikdan davolanib, shifoxonani tark etganlar soni esa 24 734 kishiga yetgan. Shuningdek, koronavirus bilan qayta kasallanish holati kuzatildi. Bundan tashqari, xitoylik olimlar koronavirus kasallik alomatlari paydo bo‘lishidan ikki kun avval yuqishi mumkinligini ham aniqladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:535 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829