• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Mart » 27 » Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘dan qo‘shinlarini olib chiqish haqidagi Rossiya chaqirig‘ini rad etdi hamda u yer o‘z hududi ekanini bildirdi
23:47
Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘dan qo‘shinlarini olib chiqish haqidagi Rossiya chaqirig‘ini rad etdi hamda u yer o‘z hududi ekanini bildirdi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv shartlarini buzganini rad etmoqda. Kelishuv Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida 2020-yilning noyabr oyida Rossiya vositachiligida imzolangandi.

"Mudofaa vazirligi Ozarbayjon 2020-yil 10-noyabrdagi uch tomonlama bayonotga sodiqligini va uning qoidalarini buzmaganini bildiradi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Shu tarzda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi o‘z qo‘shinlarini tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasidan olib chiqish haqidagi Rossiyaning chaqirig‘iga javob qaytargan. 26-mart kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ozarbayjon qurolli kuchlari Rossiyaning Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlikparvar missiyasining nazoratidagi zonaga kirib, tan olinmagan respublika armiyasi bo‘linmalariga hujum uyushtirganini ma’lum qildi.

Boku vaziyat "Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashtirilgan Ozarbayjon hududida” keskinlashganini aytdi. Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Rossiyadan "Tog‘li Qorabog‘” iborasini ishlatmaslikni va Ozarbayjon hududlari nomini to‘g‘ri ko‘rsatishni so‘radi.

Ozarbayjon Rossiyani "uch tomonlama bayonot qoidalariga muvofiq, xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan Ozarbayjon hududlaridan Armaniston armiyasining qolgan qismlari va noqonuniy arman qurolli tuzilmalari to‘liq olib chiqilishini ta’minlashga” chaqirdi.

Armaniston hukumatining iddao qilishicha, 24-mart kuni Ozarbayjon harbiylari Rossiya tinchlikparvar kuchlarining nazoratidagi to‘qnashuv chizig‘ini buzib, Tog‘li Qorabog‘dagi Parux qishlog‘iga bostirib kirgan. Tan olinmagan respublika Mudofaa vazirligi 25-mart kuni otishma sodir bo‘lgani, uch qorabog‘lik va besh nafar ozarbayjonlik harbiy halok bo‘lganini ma’lum qildi. Tog‘li Qorabog‘da harbiy holat joriy etildi.

2020-yil sentabr oyi oxirida Tog‘li Qorabog‘da ko‘p yillar davomida birinchi marta keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlangandi. Ular bir yarim oy davom etdi; 10-noyabr kuni tomonlar Rossiya vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Janglar natijasida Armaniston Tog‘li Qorabog‘ respublikasining qariyb yarmini Ozarbayjonga qaytardi. Rossiya Tog‘li Qorabog‘ga tinchlikparvar kontingentini yubordi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:475 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:30
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031