• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 29 » Ozarbayjon koronavirusni davolovchi yangi shifoxonani ishga tushirdi
15:03
Ozarbayjon koronavirusni davolovchi yangi shifoxonani ishga tushirdi

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat Ozarbayjon Respublikasida keskin tus olmoqda. Mamlakatda virusni yuqtirib olganlar 182 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 4 nafari vafot etdi. 15 nafari sog‘lom hayotga qaytdi.

Kecha, 28 mart kuni mamlakat poytaxti Baku shahrida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashga yaratilgan "Yangi klinika” shifoxonasi ochildi. Uni mamlakat Prezidenti Ilhom Aliyev va vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva ochib bergan. 

Mazkur yangi klinika 575 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda 1500 tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi. 

"Ma’lumki, ushbu shifoxona mening tashabbusim asosida qurilgan. Bu qarorni qabul qilganimizda shifoxona kerak emas, deganlar ham bo‘lgandi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘plab shifoxonalar qurilgan va yangi katta shifoxonani qurishning hojati yo‘q deb ishonilgan.  Biroq, hayot shuni ko‘rsatmoqdaki, bu juda to‘g‘ri va o‘z vaqtida qabul qilingan qaror, chunki koronavirus bilan kasallangan bemorlar ertadan boshlab bu yerda davolanadilar. Pandemiya oxirigacha ushbu shifoxonada faqat koronavirus bilan kasallangan bemorlar davolanadilar. Shuning uchun ushbu shifoxonaning foydalanishga topshirilishi, albatta, biz uchun koronavirusga qarshi kurashda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. 

Shuni ham ta’kidlashim kerakki, shifoxonaning ochilishi yoz oxirida - kuzning boshida rejalashtirilgan edi. Ammo, pandemiya tufayli ish tezlashdi, qo‘shimcha mablag‘lar ajratildi, kuchlar safarbar qilindi va biz shifoxonaning bosqichma-bosqich ishlashini ta’minlayapmiz.  Shifoxona 575 o‘rinli. 

Biroq,  birinchi bosqichda 100, keyin 300 ta to‘shak bemorlarga taqdim etiladi. Shifoxonpning umumiy maydoni 100 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Bu yerda 70 ta reanimatsiya joylari mavjud. Bu koronavirus bilan kasallangan bemorlarni parvarish qilishning muhim qismidir. 21 ta operatsiya xonalari mavjud. Hozirda ushbu operatsiya xonalariga ehtiyoj yo‘q. Ammo, pandemiya oxirida shifoxona o‘z profilida ishlashni 
davom ettiradi”, deydi Ilhom Aliyev.

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda Ozarbayjondagi 182 bemordan 23 nafarining ahvoli og‘ir. 17 nafarining ahvoli esa o‘rtacha deb baholanmoqda. Qolganlarniki barqaror.
Категория: Har-Hil | Просмотров:566 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031