• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » May » 14 » “Oyqiz ertagi” filmi “Baron”dan qimmatga tushdi
19:59
“Oyqiz ertagi” filmi “Baron”dan qimmatga tushdi

20 maydan boshlab katta ekranlar orqali namoyish etiladigan "Oyqiz ertagi” filmini tomosha qilishga 7 sabab... O'zbek kinematografiyasida anchadan buyon katta shov-shuvlarga sabab bo'lib kelayotgan "Oyqiz ertaga” filmining 17 may kuni yopiq premerasi bo'lib o'tadi. Dunyo kino sanoatida ishlab chiqarilayotgan filmlar bilan bemalol tenglasha olishi aytilayotgan mazkur kartina 20 maydan boshlab kinoteatrlarda namoyish etiladi. Biz kartina haqida ko'p gapirmasdan, bu filmni tomosha qilish uchun 7 jiddiy sabab haqida so'z yuritamiz. Birinchidan: film rejissyori Akbar Bekturdiev kino olamida kecha chiqqan nom emas, bungacha rejissyorning "Jazo” (2007), "So'nggi lahza” (2009), "Xavfli sarguzasht” (2010), "Muhabbatnoma” (2010), "Hur qiz” (2011), "Baxt uyi” (2011), "Salom sevgi, xayr sevgi” (2012) kabi filmlari katta ekran yuzini ko'rgan. Eng e'tiborli jihati shundaki, shuncha rejissyorlar orasida Akbar Bekturdiev yosh bo'lishiga qaramasdan, jur'at etib, mazkur kartinani suratga olishga bel bog'ladi.

Ikkinchidan: film 4K formatda suratga olingan bo'lib, Dolby Surround 5.1. formatiga moslab ovozlashtirilgan, juda ko'p sahnalarda maxsus effektlardan foydalanilgan. Uchinchidan: filmning byudjeti 1mlrd 600 mln so'mni tashkil etadi, bu – shu vaqtgacha "O'zbekkino” milliy agentligi tomonidan eng ko'p mablag' ajratilgan film, deb ta'kidlanmoqda. Bundan biroz avval, katta ekranlarda namoyishi bo'lib o'tgan, kinosaroylarni larzaga keltirgan "Baron” filmining byudjeti ham, "Oyqiz ertagi” filmidan 100 mln so'mga kamroq. Ya'ni, "Oyqiz ertagi” 1mlrd 600 mln so'mga suratga olingan bo'lsa, "Baron” filmi 1 mlrd 500 mln so'm evaziga kinosaroylarga etib kelgan.

Uchinchidan: filmning byudjeti 1mlrd 600 mln so'mni tashkil etadi, bu – shu vaqtgacha "O'zbekkino” milliy agentligi tomonidan eng ko'p mablag' ajratilgan film, deb ta'kidlanmoqda. Bundan biroz avval, katta ekranlarda namoyishi bo'lib o'tgan, kinosaroylarni larzaga keltirgan "Baron” filmining byudjeti ham, "Oyqiz ertagi” filmidan 100 mln so'mga kamroq. Ya'ni, "Oyqiz ertagi” 1mlrd 600 mln so'mga suratga olingan bo'lsa, "Baron” filmi 1 mlrd 500 mln so'm evaziga kinosaroylarga etib kelgan.
To'rtinchidan: filmda bosh qahramonlarni – Yigitali Mamajonov hamda Yulduz Rajabova gavdalantirgan. Ikkala ijodkor ham muxlislar muhabbatini qozona olgan bo'lib, suratga olish maydonida ham qushdek engil harakat qilishganini rejissyor bir necha bor ta'kidladi. Tasvirga olish jarayonlarida Yulduz Rajabova bir necha marta hushidan ketib qolgani, Yigitali Mamajonov esa kaskadyorning "beminnat” yordamini rad etib, bor og'irlik va mas'uliyatni o'z bo'yniga olgani, shunday sharoitda ham katta matonat bilan s'yomkani davom ettirgani ham tahsinga loyiq ish.

Beshinchidan: Yigitali Mamajonov hamda Yulduz Rajabovadan tashqari, filmda – Ma'ruf Otajonov, Xayrulla Sa'diev, Dilbar Ikromova singari professional aktyorlar rol ijro etishgan. Ular ham turfa xil taqdirlarni gavdalantirganliklarini suratlardan bilsa bo'ladi.
Oltinchidan: mazkur film Xorazm viloyati, ichkari cho'lda hamda Toshkent viloyatining ertaknamo go'shalarida suratga olingan. Bundan tashqari, "O'zbekfilm”da 9ta maxsus dekoratsiya qurilgan. Mazkur film xorij kinoteatrlarida qo'yilsa, O'zbekistondagi tarixiy obidalarga, shaharlarga qiziqish yanada ortib, turizm sohasi yanada rivojalanadi. Yettinchidan: film stsenariysini yozishdan boshlab, toki montaj jarayonlari tugaguniga qadar, ya'ni 1000 kun mobaynida 1000 dan ortiq etuk mutaxassislarning mehnati singgan.




Категория: Har-Hil | Просмотров:2382 | Добавил: Admin | Теги: “Oyqiz ertagi” filmi “Baron”dan qim | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031