• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Dekabr » 26 » “Oxirzamon hali kelmaydi”. Medvedev 2022-yil yakunlarini sarhisob qildi va yadroviy tahdid masalasiga to‘xtaldi
20:14
“Oxirzamon hali kelmaydi”. Medvedev 2022-yil yakunlarini sarhisob qildi va yadroviy tahdid masalasiga to‘xtaldi

Rossiya Xavfsizlik Kengashi rahbari o‘rinbosari, sobiq prezident Dmitriy Medvedev "Rossiyskaya gazeta”da "Bizning xalqimiz, yerimiz, haqiqatimiz” nomli maqolasini chop ettirdi va unda 6 band bilan 2022-yil yakunlarini sarhisob qildi.

Xususan, u nima uchun Rossiya Ukrainada urush boshlaganini tushuntirib, Vladimir Putinning "denasifikatsiya” va "demilitarizatsiya” haqidagi tezislarini takrorladi, shuningdek, maqsadlar qatorida "referendumlar bilan Rossiya tarkibiga kirgan yangi hududlardagi vatandoshlarni himoya qilish” borligini ham alohida ta’kidladi.

"Natsizm yaqin, lekin u o‘tib ketmaydi”, — deb yozadi Medvedev. "Biz maxsus harbiy operatsiyaning barcha maqsadlariga erishish uchun butun sa’y-harakatlarimizni ishga solyapmiz. Kiyev millatchilarining jirkanch rejimi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bugun bizdan boshqa hech kim bu vazifani bajara olmaydi”.

Boshqa bandlarda u G‘arbda Rossiya "gaplashadigan va muzokara qiladigan hech kim yo‘q”ligini, biror narsa haqida muzokaralar olib borishga hojat yo‘qligini va shuning uchun mamlakat "dunyoning boshqa qismi” bilan munosabatlarni rivojlantirishini aytdi.

Bundan tashqari, Medvedev Ukrainaning amaldagi rasmiylari bilan tinchlik muzokaralarini rad etdi va davom etayotgan yadroviy tahdid haqida gapirdi. Ammo u "oxirzamon hali kelmaydi”, deb ishontirdi.

Bugungi kunda bizning dushmanlarimizni to‘xtatadigan yagona narsa — Rossiya RFning yadroviy cheklash sohasidagi davlat siyosati asoslariga amal qilishini tushunish. Agar chinakam tahdid yuzaga kelsa, Rossiya ularga qarshi harakat qiladi. Muammo shundaki, u holda hech kim bu nima ekanini — javob zarbasimi yoki profilaktik zarba — bila olmaydi.
Qurolsizlanish bo‘yicha yangi kelishuvlar hozirda noreal va keraksiz. Mamlakatimizga mos keladigan maksimal xavfsizlik kafolatlari qanchalik tez olinsa, vaziyat shunchalik tez normallashadi. Agar biz ularni olmasak, keskinlik cheksiz davom etadi. Dunyo Uchinchi jahon urushi va yadroviy falokat yoqasida muvozanatni davom ettiradi. Biz ularning oldini olish uchun hamma narsani qilamiz, — deb yozgan Medvedev.

Avvalroq Medvedev NATO Ukrainani Patriot komplekslari bilan ta’minlay boshlasa, ular Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishi bilan tahdid qilgandi. Shuningdek, u  "AQSH doim o‘z do‘stlarini tark etgani kabi, Ukrainani ham tashlab ketishi”ni aytgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:211 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:01
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031