• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1973
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 32
Гостей: 32
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2018 » Aprel » 25 » Otabek Muhammadzohid Farg‘onadagi bexayo raqqosalar
14:13
Otabek Muhammadzohid Farg‘onadagi bexayo raqqosalar

Otabek Muhammadzohid: Yarim-yalang‘och raqqosalar bor to‘ydan "Bunaqa to‘yda qo‘shiq aytmayman!” deb chiqib ketdim

Xonanda Otabek Muhammadzohid to‘ylarda yarim-yalang‘och kiyinib raqsga tushayotgan raqqosalarni qattiq tanqid qildi. 

Xonanda bu masalaga jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusi davomida to‘xtalib o‘tdi.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, Farg‘ona vodiysidagi ikkita to‘yda u ayniqsa ko‘p asabiylashgan, raqqosa qizlar sabab to‘yda xizmat qilishdan ham bosh tortgan.

Farg‘onada ikkita to‘yda juda qattiq asabim buzildi. Farg‘onada aka-uka to‘yga borsak, kuttirmay darrov navbat berishadi. Bir to‘yda 5—10 daqiqa choy ichib o‘tirgim keldi. Shu joyda bir raqs guruhiga navbat berishdi. Haligilar arabcha, yarim-yalang‘och kiyimlarni kiyib, "Lazgi”ga raqsga tushib ketdi. Raqs tugashi bilan, hech kim e’lon qilishini ham kutmay, mikrofonni shartta oldimda: "Kim chaqirdi bularni, qani bu guruhning rahbari?”, dedim.

Guruh rahbari yoshgina bir qiz ekan. O‘tirganlarga qarab: "Sizlarga ham hayronman, kim sizlarni o‘zbek deydi? Hozir shu yarim-yalang‘ochlarga qarsak chaldilaring-a? Bularni nimasiga qarsak chaldingiz?! Yarim-yalang‘och kiyimda ‘Lazgi’ga raqsga tushishga kim ruxsat bergan?!”, — deya, gapiradigan gapimni gapirib, "Bunaqa to‘yda qo‘shiq aytmayman”, deb chiqib ketdim.

Yana bir to‘yda xuddi shuning davomi bo‘ldi. Ko‘plab ayollar, hoji-onalar o‘tirgan to‘yda qo‘shiq aytayotsam, yarim-yalang’och to‘rt qiz "Tezroq tugating, biz raqsga tushimiz kerak”, degan ma’noda oldimga turib oldi. "O‘tir!”, — dedim haligilarga. Kayfiyatim tushib ketib, "Bularni kim chaqirgan? Men erkak bo‘lib bularga qarashga uyalyapman. Kimga kerak shunaqa narsalar? Bu hayosizlik o‘zbekchiligimizga yarashadimi?”, — deya o‘sha davradan ham chiqib ketdim.

Otabek Muhammadzohid, xonanda

Xonandaning ta’kidlashicha, u raqsni, "o‘zini saqlab” yurgan taniqli raqqosalarni hurmat qiladi, lekin to‘ylardagi yarim-yalang‘och chiqishlardan norozi.

Bo‘layotgan ishlarni kimdir baribir gapirishi kerak-da, bularga barchamiz ko‘z yumib ketaversak, ahvol qachon yaxshilanadi?! Shaharlardagi to‘ylarga raqqosa qizlar chaqirilmoqda, ular arabcha kiyimlarda, qo‘pol qilib aytganda — yarim yalong‘och, ochiq kiyimlarda raqsga tushmoqda. To‘ydagi ayollar, erkaklar esa befarq — ularga qarsak chalib, bu holni oddiy qabul qilyapti.

Taniqli raqqosa qizlarimizni yaxshi bilaman. O‘tirib gaplashsangiz, ularning fiklarlari nihoyatda go‘zal, o‘zini saqlab, nari borsa konsertlarda, kliplarda raqs tushib, shu bilan kifoyalanib yuribdi. O‘sha raqqosalarni hurmat qilamiz. Qiz bola misoli gul, nihol bo‘lsa, o‘zlarini qadriga yetmaydigan joylarga borib, raqsga tushish nima uchun kerak? Mayli, raqsga tushganda ham o‘zbekcha raqslarga, yopiq kiyimlar bilan tushsa bo‘lmaydimi?
Категория: Har-Hil | Просмотров:2159 | Добавил: Admin | Теги: Otabek Muhammadzohid Farg‘onadagi b | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30