• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 2
Гостей: 2
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2019 » Mart » 23 » Ostona rasman Nur-Sulton nomini oldi
12:42
Ostona rasman Nur-Sulton nomini oldi

Qozog‘istonning yangi prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat poytaxti Ostonani Nur-Sulton deya qayta nomlash to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahri — Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Nur-Sulton deya qayta nomlansin», — deyilgan farmon matnida.

Ostona nomini mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev sharafiga qayta nomlash tashabbusi 20 mart kuni yangi prezident To‘qayev tomonidan bildirilgandi. U shuningdek, birinchi prezident nomini abadiylashtirish maqsadida shaharlardagi markaziy ko‘chalarga ham Nursulton Nazarboyev nomini berishni taklif qilgandi.

Parlament o‘sha kuni qo‘shma yig‘ilishda mamlakat konstitutsiyasiga tegishli o‘zgartirishlarni qabul qildi.

Bu o‘zgarishlar jamoatchilik noroziligini keltirib chiqardi. 20 mart kuni gopetition.com saytida poytaxtni Nazarboyev sharafiga qayta nomalamaslik talab qilingan petitsiya e'lon qilindi.

21-22 mart kunlari Ostona va Olma-otada poytaxt nomi o‘zgartirilishiga qarshi mitinglar o‘tkazildi. Guvohlarning ma'lumotlariga ko‘ra, Ostonada huquq-tartibot organlari xodimlari 60 kishini qo‘lga olishgan, Olma-otada esa 20 nafarga yaqin kishi ushlangan. Politsiya departamenti esa bu shaharlardagi mitinglar bo‘yicha rasmiy ma'lumot bermadi va odamlar qo‘lga olingani haqidagi xabarlarni izohlamadi.

Ma'lumot uchun, Ostona o‘rnidagi posyolkaga 1830 yilda asos solingan bo‘lib, u dastlab Akmolinsk deb atalgan. 1961 yilda esa bu hudud Selinograd nomini olgan. 1992-1998 yillarda shahar nomi Oqmola deb atalgan. 1997 yilda Nursulton Nazarboyev poytaxtni Olma-otadan Oqmolaga ko‘chirgan, bir yil o‘tib shaharga Ostona (qozoq tilida poytaxt) nomi berilgan.

Poytaxtni Nazarboyev sharafiga nomlash avval ham bir necha marta siyosatchilar va jamoatchilik vakillari tomonidan taklif etilgandi. Oxirgi marta 2016 yilning noyabrida qozog‘istonlik deputatlar poytaxtni Nursulton yoki Nazarboyev nomi bilan qayta nomlash tashabbusini ilgari surishgan, ammo o‘shanda prezident buna qarshi chiqqandi.

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 19 mart kuni o‘z vakolatlarini topshirishini ma'lum qildi. Konstitutsiyaga ko‘ra, prezidentlik lavozimi Senat spikeri Qosim-Jomart To‘qayevga o‘tdi, 20 mart kuni u davlat rahbari ifatida lavozimga kirishdi. U 2020 yilning apreligacha, keyingi prezidentlik saylovlarigacha davlatni boshqaradi. 20 mart kuni Toqayevning o‘rniga Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyeva Senat spikeri (raisi) sifatida saylandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:956 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031