• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Iyun » 30 » Osiyo o‘yinlariga 50 kun qoldi. Indoneziyada o‘tadigan musobaqa haqida nimalarni bilamiz?
08:14
Osiyo o‘yinlariga 50 kun qoldi. Indoneziyada o‘tadigan musobaqa haqida nimalarni bilamiz?

Joriy yilning 18-avgustidan 20-sentabriga qadar Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa start olishiga roppa rosa 50 kun qolganida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi qit’aning ushbu nufuzli musobaqaga oid qiziqarli faktlarni taqdim etdi.

O‘yinlar poytaxt Jakarta va u yerdan 1000 kilometr uzoqlikda joylashgan Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Tantanali ochilish marosimi Jakartadagi "Gelora Bung Karno” stadionida o‘tkaziladi. Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi (INASGOC) rahbari Erik Tohir musobaqa davomida sportchilarga barcha sharoitlar yaratib berilishini ma’lum qilgan.

"Biz nafaqat Indoneziya aholisini, balki butun Osiyoni qamrab olmoqchimiz. Ular uchun qulay sharoitlar yaratish, chiptalar olish borasida yengilliklar berish ham shular jumlasidandir. Sportchilar ushbu musobaqaning eng asosiy mehmonlaridir. Ulardagi sharoit — transport, xavfsizlik, ovqatlanish eng yaxshi bo‘lishi lozim. Tashkiliy qo‘mita o‘z oldiga birinchi navbatda ushbu vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo‘ygan”, — dedi Erik Toxir.

Ma’lum bo‘lishicha, tashkiliy qo‘mita chipta sotish bo‘yicha KiosTix xalqaro agentlik bilan hamkorlik qilmoqda. O‘yinlar uchun 1,3 million chipta sotilishi rejalashtirilgan. Eng arzon chipta narxi 30 000 rupiy (2 AQSh dollari), o‘rtachasi 100 000 rupiy (7 AQSh dollari) etib belgilangan. Ushbu narx orqali tashkilotchilar iloji boricha ko‘proq tomoshabinlarni qamrab olmoqchi. Chiptalarni supermarket, do‘kon, banklarda va KiosTix tizimi orqali onlayn tartibda xarid qilish mumkin bo‘ladi. Chiptalar sotuvi 30-iyun kuni boshlanadi.

Xavfsizlik masalasida muammolar bo‘lmaydi. INASGOC bu borada 2016-yildan buyon mamlakat qurolli kuchlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Osiyo o‘yinlari davomida 36 000 nafarga yaqin xavfsizlik xizmati xodimlari ish olib boradi.

Bugun, 29-iyun kuni o‘yinlarning medallar jamlanmasi namoyish etildi. Jakartada sportning 40 turidan 67 yo‘nalishda, 463 musobaqa tashkil qilinadi. Osiyo o‘yinlari davomida 4 066 medal o‘z egasini topadi.

O‘zbekiston ushbu sport bayramida katta delegatsiya bilan ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Mamlakat musobaqada o‘zining eng kuchli sportchilari bilan qatnashadi.

Bugungi kun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston sport delegatsiyasi Osiyo o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan 29 sport turida ishtirok etishni rejalashtirilmoqda. Bellashuvlarda 260 dan ortiq sportchi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Shuningdek, 100 dan ortiq rasmiy vakillar (murabbiy, shifokor, menejer, OAV xodimlari) ham musobaqada faoliyat olib boradi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1087 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930