• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 7 » Oqova suvlarga oid tahlillar orqali COVID-19 tarqalishining oldini olish mumkinmi?
21:09
Oqova suvlarga oid tahlillar orqali COVID-19 tarqalishining oldini olish mumkinmi?

Krenfild ilmiy-tadqiqot universiteti olimlarining Environmental Science & Technology jurnalida e’lon qilgan ilmiy maqolasiga ko‘ra, kanalizatsiya oqova suvlaridagi muayyan biomarkerlarni aniqlash orqali SARS-CoV-2 virusi tarqalishining oldini olishga hissa qo‘shish mumkin. 

Hozirda mazkur ilmiy dargohda oqova suvda koronavirus zarrachasi mavjudligini bir zumda aniqlash imkonini beradigan oddiy qog‘oz test ishlab chiqish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Maqolada aytilishicha, maishiy oqova suvlarning kimyoviy tahlili COVID-19 pnevmoniyasining potensial tarqalish o‘choqlarini tezlik bilan samarador aniqlash imkonini beradi. Tahlil asosini kasal odamlarning kanalizatsiyaga tushadigan najasi va siydigida mavjud bo‘ladigan muayyan virus zarrachalarning biomarkerlarini aniqlash tashkil qiladi.

Hozirda ushbu ilmiy tadqiqot universiteti tomonidan amalga kiritilishi kutilayotgan juda oddiy qog‘oz testlardan oqova suvlarni yig‘ilish va tozalash joylarida foydalanish mumkin bo‘ladi. Oqova suvlarning shaharning qaysi hududidan kelayotganiga qarab, manba bo‘ylab yuqorilab borish orqali tarqatuvchi yashayotgan joyni avval daha, keyin muayyan aniq bir uy darajasigacha aniqlash imkoni paydo bo‘ladi. Bu esa potensial virus tashuvchisi bo‘lgan odamlar yashayotgan joyni aniqlash va izolyatsiyalashda katta yordam berishi tayin.

Test qog‘ozining ishlash mohiyati quyidagicha: oqova suvdan olingan namuna bir necha qavat maxsus kimyoviy ishlov berilgan qog‘oz bo‘ylab o‘tkaziladi. Qog‘oz virus aminokislotalarini filtrlaydigan qilib tayyorlangan bo‘ladi. Shuningdek, qog‘oz qatlamlarining birida virus RNKsi bilan biokimyoviy reaksiyaga kirishadigan reagent mavjud bo‘ladi. Agar namunada virusning o‘zi yoki uning belgilari (izi, qoldig‘i) mavjud bo‘lsa, test qog‘ozining rangi o‘zgaradi. Natija shu paytning o‘zidayoq vizual aniqlanadi.

Bu, ayniqsa, kasallik tashuvchisining o‘zida infeksiya asimptomatik, ya’ni yaqqol belgilarsiz kechayotgan holatda juda qo‘l keladi. Infeksiyaga chalingan, lekin kasalligi kuchli isitma va quruq yo‘tal orqali yaqqol namoyon bo‘lmagan bemorlarda hech bo‘lmasa siydik orqali virusning mavjudligini bilish mumkin. Buning uchun esa aholi punktlaridan chiqib kelayotgan oqova suvlarning tarkibini shu usulda muntazam tahlil qilib turish kerak bo‘ladi.

"Bu usul muayyan hududda COVID-19 tashuvchisining bor yoki yo‘qligini aniqlashga oid qimmatli ma’lumotlar bera oladi”, — deya qayd etgan tadqiqot hammualiflaridan biri Chjeguen Yan. Bunday tezkor skrining metodikasi orqali hududda kechiktirib bo‘lmas profilaktika va karantin choralarini ko‘rish va shu orqali epidemiyani jilovdan chiqib ketishining oldini olish mumkin bo‘ladi.

Hozirda SARS-CoV-2 virusining odam najasi va siydigi orqali yuqishi mumkinligi isbotlanmagan bo‘lsa-da, olimlarning fikricha, hatto kasallanib tuzalib chiqqanlarning ham siydik va najasida koronavirus RNKsi yana ikki hafta mobaynida saqlanib turishi mumkin ekan. Boz ustiga, atipik pnevmoniya qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan SARS-CoV viruslari ustidan olib borilgan tadqiqotlar ushbu virus oqova suvlardagi najas ichida ham 24-48 soat mobaynida yashab, tirik turishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Maqolada aytilishicha, Krenfild ilmiy-tadqiqot universiteti ishlab chiqayotgan mazkur qog‘oz testlar ancha arzon narxda bo‘ladi va uni har kim sotib olishi mumkin. Olimlar testning narxi bir funt-sterlingdan oshmasligini ta’kidlamoqda (taxminan, 12 000 so‘m). Testning jo‘n va qulay ekani esa uni qo‘llashda maxsus bilim talab etilmasligini ham belgilaydi. Uni ishlatish uchun mutaxassis shart emas, har kim o‘z oqova suvini o‘zi tekshirib tura oladi. Ishlatib bo‘lingan test qog‘ozini esa yoqib yuborish orqali yo‘q qilish lozim bo‘ladi.

Tadqiqotchilar keyinchalik ushbu oddiy test qog‘ozi asosida oqova suvidan boshqa patogenlarning biomarkerlarini ham aniqlash imkonini beradigan qilib testning boshqa modifikatsiyalarini ham chiqarmoqchi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:569 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь