• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 709
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 49
Гостей: 49
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » Mart » 19 » Oltinsoydagi mojaroda mansabdorlar vijdonsizlarcha harakat qilgani aniqlandi
19:33
Oltinsoydagi mojaroda mansabdorlar vijdonsizlarcha harakat qilgani aniqlandi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Oltinsoy tumanida davlat idoralari va mahalliy aholi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar aks etgan videolavha tarqalgan edi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, unda aks etgan holatlar yuzasidan mazkur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, tumandagi fermer xo‘jaliklariga tegishli 6,4 gektar sug‘oriladigan yer maydoni talon-toroj qilinib, shundan 1,4 gektari fermer xo‘jaliklariga qaytarilgan bo‘lsa, 5 gektarni qaytarish uchun ta’sirchan choralar ko‘rilmaganligi sababli bu ekin maydonlari fuqarolar tomonidan uzoq muddatdan beri egallab olinib, turli maqsadlarda foydalanib kelingani oqibatida 436,9 million so‘m davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilgan.

Xususan, Oltinsoy tumani "Xalqobod” mahallasi hududida joylashgan "Oq oltin manzarasi” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan sug‘oriladigan paxta va g‘allaga mo‘ljallangan yer maydonidan shu mahallada yashovchi fuqarolar B.Muhammadiyev, D.Muhammadiyev, F.Nurov, S.Muhammadiyev, M.Sattorova va A.Safarov tomonidan jami 0,39 gektari noqonuniy ravishda o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, uy-joy qurilgan.

Mazkur yer maydonlarini qaytarish maqsadida 2020-yilning 14-fevral kuni soat 15:00 larda ishchi guruh a’zolari "Xalqobod” mahallasiga borganida yuqoridagi fuqarolar va ularning yaqinlari qo‘llarida bo‘lgan tayoq, belkurak, tosh va boshqa narsalar bilan ishchi guruh oldiga chiqib, hokimiyat vakillari va tuman IIB xodimlari tomonidan tushuntirilishiga qaramasdan fuqarolar ularga qarshilik ko‘rsatgan.

Oqibatda 3 nafar IIB xodimi "yengil” tan jarohati olgan.

Mazkur holatlarda mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi oqibatida sug‘oriladigan yer maydonlari talon-toroj qilingan hamda Oltinsoy tuman IIB xodimlariga tan jarohati yetkazilgan.

Shunga ko‘ra, mansabga sovuqqonlik bilan qarash va qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyatlari alomatlari mavjudligi hamda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazish lozimligini inobatga olib, holat yuzasidan Oltinsoy tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi 1-qismi va 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:628 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031