• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 9 » Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlariga kirish-chiqish yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
18:19
Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlariga kirish-chiqish yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati 9-apreldan boshlab Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlarida karantin tartiblari yanada kuchaytirilib, fuqarolarning ushbu hududlarga kirishi va chiqishi cheklanishi, favqulodda holatlar hamda yuk avtomobillar qatnovi bundan mustasno ekanligini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, faoliyatini davom ettirayotgan Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati ishchilariga shahar ichidan vaqtincha yashash uchun joy topish tavsiya qilingan.

Hokimlik 9-aprel kuni viloyat IIBBga tayangan holda bu xabar haqiqatdan yiroqligini ma’lum qildi. Biroq bu xabar birozdan so‘ng o‘chirib tashlandi.

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati rahbari Bobur Tulyaganovning  ma’lum qilishicha, Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 4-apreldagi navbatdagi yig‘ilishida koronavirus kasalligini respublika hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida qator qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan. Viloyatning barcha shahar-tumanlari hududida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar, Respublika maxsus kommissiyasining tegishli qarorlari doirasida amalga oshiriladi.

"Faqat yuk mashinalariga ruxsat berilishi, shaxsiy avtomobilda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish taqiqlanishi e’lon qilinganidan so‘ng mazkur shahar va tumanlardan ko‘plab fuqarolarimiz bizga murojaat bilan chiqmoqda. ‘Xizmatga borish-kelish masalasi qanday bo‘ladi, biz ertadan ishga bormaymizmi, shifokorman, menga ham taqiq qo‘yildimi?’ degan mazmunda murojaatlar kelmoqda.

Shu o‘rinda barcha cheklovlar Respublika Maxsus komissiyasining qarori talablari asosida joriy etilishini ma’lum qilamiz. Bunda ushbu shahar va tumanlarda ruxsatnoma bilan harakatlanayotgan avtotransportlar va korxona tashkilotlar xizmatchilariga taqiq qo‘yilmaydi”, — deydi Bobur Tulyaganov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 27-martdan boshlab viloyatlararo transport qatnovi to‘xtatilgan, biroq cheklov yuk mashinalariga nisbatan qo‘llanilmaydi. Shuningdek, 30-martdan shaxsiy avtomobilda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish taqiqlandi.

Bundan choralar ko‘rilganidan so‘ng yuk mashinalarida odamlarni noqonuniy olib o‘tish holatlari kuzatilmoqda. Xususan, Samarqand shahriga kirish postida yuk mashinasining yukxonasida Toshkentdan Xorazmga odam olib ketayotgan shaxs aniqlandi,  4 nafar fuqaroni yuk mashinasida Toshkentga olib kirmoqchi bo‘lgan haydovchi ushlandi, Toshkentdan Termizga yuk mashinasida kelgan 8 nafar fuqaro karantinga olindi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:548 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:08
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь