• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 2 » Olimpiya o‘yinlarining oltin medalini sovg‘a qilishga ahd qilgan o‘zbek o‘g‘loni bilan intervyu
20:36
Olimpiya o‘yinlarining oltin medalini sovg‘a qilishga ahd qilgan o‘zbek o‘g‘loni bilan intervyu

Avval xabar berib o‘tganimizdek, 1 may kuni boks bo‘yicha Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, hozirda esa faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurib, Umid Ahmadjonov qabulida bo‘ldi.
 
Fursatdan foydalanib bokschi bilan kichik suhbat uyushtirdik.
 
– Murodjon, havaskor bokschilar o‘rtasida qanday natijalarga erishganingizni yaxshi bilamiz. Rioda o‘tkazgan janglaringiz, g‘alabalarni nokaut evaziga qo‘lga kiritishingiz hali ham yodimizda. Keyinchalik, ushbu muvaffaqiyatli yurish Osiyo chempionatida ham davom etdi. Umuman olganda professional boksga o‘tish istagi qayerdan paydo bo‘ldi? Jamoadoshlaringizga havas qilib shu qarorga keldingizmi?
 
– To‘g‘ri aytdingiz. Oramizda Fazliddin aka birinchilardan bo‘lib professional boksga o‘tdi. Men ham havaskor bokschi sifatida Olimpiya o‘yinlari, Osiyo va jahon chempionatlarida ishtirok etdim. Shundan so‘ng o‘z oldimga professional boksda ham muvaffaqiyatlarga erishib, O‘zbekistonimizning bayrog‘ini yanada yuqoriroqqa ko‘tarish maqsadini qo‘ydim. O‘zbek o‘g‘lonlari nimalarga qodir ekanliklarini butun dunyo bilishi shart. Biz qattiq mehnat qilyapmiz. Yurtboshimiz sportchilar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqdalar. Sport kollejlari, suv havzalari zamonaviy holatga keltirilgan. Bunday inshootlarning qurilishi butun mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda. Albatta bularning bari biz yoshlar uchun. O‘ylaymanki, bu boshlanishi. Nasib qilsa, keyingi Olimpiya o‘yinlarida yanada yaxshi natijalar qayd etiladi. Riodagi natijalar tasodif emasligini esa Osiyo chempionatida 9 ta oltin medal bilan isbotlab qo‘ydik.
 
– Professional ringdagi dastlabki janglardan ko‘nglingiz to‘ldimi? Siz uchun yangi yo‘nalishdagi sharoitlar qoniqtiryaptimi?
 
– Albatta, havaskor boksdan professional boksning farqi katta. Professional boks nisbatan qiyinroq. U yerda janglar 3 yoki 4 raund davom etmaydi, 6 raunddan boshlanadi. Biz nima uchun u yerga o‘tdik? Professional boksda ham o‘zbek yigitlari bo‘lishi shart. Xudo xohlasa, Fazliddin G‘oyibnazarov, Shahram G‘iyosov, Rustam To‘laganovlar bilan birga professional ringda katta natijalarga erishamiz.
 
– Milliy Olimpiya qo‘mitasida Umid Ahmadjonov qabulida bo‘ldingiz. Uchrashuvdan qanday taassurot oldingiz?
 
– Rostini aytsam, Umid akani bunchalik samimiy va oqko‘ngil deb o‘ylamagandim. Sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi, ham moddiy, ham ma'naviy tomondan rag‘batlantirib borishga intilayotgani albatta, o‘z samarasini beradi. Qolaversa, sharoitlar ham shunga yarasha yaratilmoqda. Do‘stim Shahram G‘iyosovni 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ko‘rish niyati borligini izhor qilganda hayajonlanib ketdim. Nasib qilsa, albatta Tokio Olimpiadasida ishtirok etib, o‘zbek xalqiga va muhtaram Prezidentimizga Olimpiya o‘yinlarining oltin medalini sovg‘a qilishga ahd qildim. Ochig‘i, Umid Ahmadjonov bilan uchrashuvdan juda xursand bo‘ldim. Ular har qanday sportchining ko‘ngliga yo‘l topa oladigan kuchli ruhshunos ekanliklari ko‘rinib turibdi.
 
– MOQ Prezidenti Shahramga Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishni taklif qildi. U ham taklifga bajonidil rozi bo‘ldi. Chunki, promouterlik kompaniyasida imzolangan shartnomada ana shunday band kiritilgan ekan. Sizning shartnomangiz qanday? Bu borada imkoniyat bormi?
 
– Shahram va men bitta promouterlik kompaniyasi mijozlari hisoblanadi. Ikkalamizning shartnomamiz bir hil bandlardan iborat. Shartnomaga ushbu bandni kiritganmiz. Nasib qilsa, Olimpiadaga boramiz va jonajon diyorimiz dovrug‘ini dunyoga tanitish yo‘lida bor imkoniyatni ishga solamiz.
 
-  Demak, Olimpiya o‘yinlarida endi bronzadan yuqori medallar uchun harakat ham bo‘ladi. Bu borada professional ringda orttirilayotgan tajriba qo‘l keladi deb hisoblaysizmi?
 
– Albatta. Chunki, professional ring tajribasi juda muhim. Olimpiya o‘yinlariga dunyoning eng sara havaskor bokschilari tashrif buyurishadi. Shaxsan biz uchun professional ringda orttirilgan tajriba qo‘l kelishi aniq. Bilasizmi, professional boksda sportchining jismoniy va funksional holati, chidamlilik darajasi sezilarli ravishda yuksaladi. Bu jihatlar esa havaskor boksda beqiyos ahamiyatga ega. Yana bir muhim jihati, AQSHda biz kuchli sparring raqiblarga qarshi janglar o‘tkazib, mahoratimizni toblab boramiz. Bu esa bizga Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida asqotadi.
 
– Murodjon, fursatdan foydalanib, o‘zbekistonlik boks muxlislariga qanday tilaklar bildirasiz?
 
– Sport bilan shug‘ullaning, bizga o‘xshagan, bizdan ham zo‘r sportchi bo‘ling. Prezidentimiz tomonidan e'tibor juda katta. Bu barchasi yoshlarimiz, sportchilarimiz uchun. Ustozlarning maslahatiga quloq tuting. Xech qachon kam bo‘lmaysiz. O‘ylaymanki, shunda bizdan ham zo‘r natijalarni qo‘lga kirita olasiz.
 
–  Rahmat mazmunli suhbat uchun. Okean ortida o‘tadigan janglarda sizga omadlar tilaymiz. Tokiodagi o‘yinlarga qadar hali vaqt bor. O‘ylaymanki, ungacha mahoratingizni yanada toblab borasiz va Olimpiya o‘yinlaridagi oltin medal orqali bizni yanada xursand qilasiz.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1278 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:29
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь