• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1890
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 143
Гостей: 143
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2016 » Noyabr » 21 » Olimlar xavfli selfiga qarshi kurashuvchi dastur yaratishmoqchi
16:36
Olimlar xavfli selfiga qarshi kurashuvchi dastur yaratishmoqchi

Bir guruh amerikalik tadqiqotchilar bugungi kunda "xavfli” deya e'tirof etilayotgan yangi urf, ya'ni selfi suratga tushishga qarshi kurashishga qaratilgan mobil dastur yaratish ustida ish olib borishmoqda. So‘nggi yillarda selfi suratlar qurbonlari soni ortgani bunga sabab bo‘lgan. Bu haqda "Eurasiadiary.ru” sayti xabar qilmoqda.
 
Tahlillarning ko‘rsatishicha, 2014 yilda selfi surat tushish jarayonida 15 kishi vafot etgan bo‘lsa, 2015 yilda 39 kishi qurbon bo‘lgan. Joriy yil 10 oyi hisobiga ko‘ra esa 73 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
 
Olimlarning rejasiga ko‘ra, selfi surat olayotganda dastur telefon egasini xavfli hududda ekanligidan ogohlantirishi zarur. Buning uchun dastur yaratuvchilari baxtsiz hodisalar xaritasini tuzib chiqishlari zarur bo‘ladi.
 
O‘z-o‘zini suratga olayotgan halok bo‘lgan inson haqidagi ilk xabar 2014 yil mart oyida ma'lum qilingandi. Pittsburg olimlarining aniqlashlaricha, shu kungacha yuqoridagi kabi 127 ta baxtsiz hodisa kuzatilgan. Ulardan 76 tasi Hindistonda, 9 tasi Pokistonda, 8 tasi AQSHda va 6 tasi Rossiyada ro‘y bergan.
 
Selfi suratga tushmoqchi bo‘lganlarning aksariyati balandlikdan qulash oqibatida vafot etgan. Hindistondagi selfi qurbonlari asosan poyezd ostida qolib ketishgan. AQSH va Rossiyada esa halokat sovuq qurol bilan bog‘liq.
 
Tadqiqotchilar yaratishi kutilayotgan dastur vaziyatni baholash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Masalan, dastur balandlikdan yoki poyezd relslari xavfidan ogohlantirib turadi.
 
Selfi qurboniga aylangan foydalanuvchi hayotini misol qilib keltiramiz. Rossiyalik Kirill Oreshkin "selfi suratlar qanchalik noodatiy va antiqa chiqsa, "layk”lar soni ham shunchalik ko‘p bo‘ladi” degan shiorga amal qilgan holda, baland binolarning tom qismida suratga tushishni ma'qul ko‘rar edi. Instagram ijtimoiy tarmog‘ida uning profili ommalashishga ulgurgan. U 2015 yilda baland binodan yiqilib, hayotdan ko‘z yumgan.
 
2016 yil oktyabr oyida 12 yoshli rossiyalik qizaloq esa balkonning panjarasida selfi suratga tushayotgan chog‘ida vafot etdi.


Категория: Har-Hil | Просмотров:1543 | Добавил: Admin | Теги: Олимлар хавфли селфига қарши курашу | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь