• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 30 » Olimlar qaysi dorilar koronavirusni davolashda foyda bermasligini ma'lum qildi
11:22
Olimlar qaysi dorilar koronavirusni davolashda foyda bermasligini ma'lum qildi

Olimlar qaysi dorilar koronavirusni davolashda foyda bermasligini ma'lum qildiLopinavir va ritonavirning kombinatsiyasi COVID-19 kasalligini davolashda foydasiz. Bu haqda Britaniyaning RECOVERY klinik tadqiqoti rahbarlarining bayonotida ma’lum qilindi.

Lopinavir va ritonavir ko‘pincha immunitet tanqisligi virusini (OIV) davolashda qo‘llaniladi. Biroq tadqiqotchilar bunday dori COVID-19’ga chalingan bemorlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatmasligini aytdi.

Bunday holda lopinavir va ritonavirning kombinatsiyasi og‘ir ahvoldagi bemorlarda sinovdan o‘tkazilmagan. Chunki bu dorini sun’iy nafas oldirish moslamalariga ulangan bemorlarga berish qiyinchilik tug‘diradi.

RECOVERY tadqiqoti mart oyidan beri o‘tkazilmoqda va unda 11,5 ming bemor ishtirok etmoqda. Tadqiqot koronavirus infeksiyasini davolashda turli dorilarning samaradorligini o‘rganadi.

Yanvar oyi oxirida Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasini davolash uchun tavsiya etilgan dorilar ro‘yxatiga "Kaletra” (lopinavir + ritonavirning xalqaro patentlanmagan nomi) dorisini kiritdi. Aprel oyida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, koronavirus fonida dorixonalarda ushbu OIVga qarshi dori-darmonlarga talab 15 baravar oshdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, oddiy odamlar qo‘lida dori foydasiz yoki hatto zararli bo‘lishi mumkin.

Avvalroq AQShda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi preparatlar samarasiz deb topilgan edi. Yevropa esa remdesivir dori vositasini koronavirusga qarshi davolashda sotuvga chiqargani ma’lum qilindi.

Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari koronavirusni deksametazon bilan davolashni "ilmiy yutuq” deb atadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:448 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь